So’nggi yangiliklar

21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  1 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  1 18:38"Арсенал" "Челси" вингери учун таклиф юборди  1 18:10Хаби Алонсо Родригонинг "Реал"даги роли ҳақида гапирди  2 17:43"Атлетико" "Барселона" ярим ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  2 17:21"Сурхон" Олмалиқда ОКМКни ожиз қолдирган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 17:05"Насаф" футболчиси легионерга айланмоқда  11 16:46Жамолиддин Раҳматуллаев – Ўзбекистон U-18 терма жамоаси бош мураббийи!  11 16:27Ана холос! Нико Уильямс "Барселона"га ўтмаса, "Реал"га йўл олишини айтди  9 15:59"Челси" собиқ футболчиси фаолиятини 28 ёшида якунлади. Уни Бельгия терма жамоасининг келажаги деб аташганди  2 15:30Игорь Шквирин 1990 йилларда "Спартак" Москвага ўтиши мумкинмиди?  11

MLS. "Los-Anjeles" chempionlikni nishonladi yoxud 40-tur natijalari Yangiliklar

MLS. "Los-Anjeles" chempionlikni nishonladi yoxud 40-tur natijalari

Teglar :  MLSAQSH
O'tgan kuni ertalab, Amerika Qo'shma SHtatlari mahalliy ligasi navbatdagi tur o'yinlarining deyarli barchasi bir hil vaqtda o'tkazildi va unda muhlislar gollarga boy bahslarga guvoh bo'lishdi.

Etakchilar jangida yirik hisob

SHarqiy mintaqada birinchi o'rinni egallab turgan "Nyu-York Siti" o'z maydonida yaqin taqibchilaridan biri "Atlanta"ni qabul qildi. O'yinda atlantaliklar g'alaba qozonishsa, raqibga maksimal darajada yaqinlashib olishlari mumkin edi. Lekin amalda bunday bo'lib chiqmadi. Oldiniga, qandaydir 20 daqiqa ichida Aleksandru Mitrice "xet-trik"ni rasmiylashtirib, mehmon jamoani karaht ahvolga solib qo'ydi. Ikkinchi bo'lim boshidanoq, nyu-yorkliklar yana hujumga otlanishdi va bu o'z samarasini berdi. Bu vaziyatda, Martines penaltidan unumli foydalanib hisobni yiriklashtirdi - 4:0. Uchrashuv so'nggida, Eber o'rtadagi farqni qisqartirishga erishdi. Biroq, mehmonlarning kuchi bundan ortig'iga etmadi.

Autsayderga qarshi autsayder

G'arbiy mintaqada kumush medallarga asosiy davogar bo'lgan "Miinesota" o'z uyida so'nggi pog'onalardan birida borayotgan "Sporting Kanzas-Siti"ni mehmon qildi. Dastlab, Barat 7-daqiqadayoq tezkor goli bilan hisobni ochib berdi. Ammo, Minnesota shahri jamoasi futbolchilari ajoyib o'yin namoyish etishdi va irodali g'alabaga erishdi. Osvaldo Alonso va Dotsonning so'nggi daqiqada urgan gollari evaziga mezbonlar uch ochkoni ilib ketishdi.

Los-Anjelesliklarda yana g'alaba


"La Gelaksi"ning g'alabali seriyasi uchta o'yinga etdi. Bu safar, jamoa mehmonda "Real Solt-Leyk" bilan bahs olib bordi va raqibini ishonchli hisobda mag'lubiyatga uchratdi. O'yindagi barcha gollar ikkinchi bo'limda urildi. Pavon hisobni ochgan bo'lsa, 80-daqiqada yana o'sha tinib-tinchimas Ibragimovich o'zini ko'rsatdi. Uchrashuv tugashiga bir daqiqa qolganda, Nedum Onuoxa o'rtadagi farqni qisqartirdi. SHu tariqa, "La Gelaksi" turnir jadvalida 3-o'ringacha ko'tarilib olishdi.

O'xshash jamoalar to'qnashuvi

Joriy turda yagona durang qayd etilgan o'yinda deyarli bir hil ochko to'plagan va o'z mintaqasida 7-pog'onani band etib turgan klublar o'zaro hisob-kitob qilib olishdi. Unda, "Portlend Timbers" o'z maydonida sharqiy zonadagi ko'proq durangga moyil bo'lgan jamoa "Nyu-Inglend" bilan bahs olib bordi. Jeremi Ebobissning "dubl"iga mehmonlardan Bou va asosiy vaqtga qo'shib berilgan ettinchi daqiqada Xil penaltini aniq amalga oshirgan holda javob qaytarishdi.

Peshqadam xyustonliklarni er tishlatdi

Joriy tur, musobaqa jadvalida uzoq vaqt karvonboshilikni hech kimga bermay kelgan "Los-Anjeles" klubi o'z muhlislari qarshisida autsayder "Xyuston Dinamo"ni 3:1 ko'rinishida engdi va chempionlikni munosib nishonladi. Avvaliga, liga bosh to'purari Karlos Vela yuzaga kelgan penaltini golga aylantirgan bo'lsa, oradan besh daqiqa o'tar-o'tmas Miller o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi. O'yinning ikkinchi yarmida, Rossi hisobni yiriklashtirdi. Ushbu uch golga mehmonlardan Atuesta kiritgan to'pi bilan javob qaytardi.



G'arb o'rtamiyonasiga qarshi sharq etakchisi

SHarqiy mintaqada chempionlikdan hali umidini uzmagan Filadelfiya shahrining aynan shu nom bilan ataluvchi jamoasi g'arbiy zonada 8-o'rinni egallab turgan "San-Xose" mehmoni bo'ldi va muhim uch ochkoni qo'lga kiritib qaytdi. Garchi, hisobni mezbonlar Yueillning goli evaziga ochib olishgan bo'lsada o'yin xotimasi ular uchun ayanchli yakun topdi. Bedoyya va Prjibilkoning kiritgan to'plari "Filadelfiya"ga qimmatli g'alabani taqdim etdi.


Xondamir Hakimov
Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика