So’nggi yangiliklar

16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  3 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  6 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  11 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0

Misr darvozasiga supergol urgan G'aniev fleshmobni davom ettirdi yoxud Tursunovga "javob" Yangiliklar

Misr darvozasiga supergol urgan G'aniev fleshmobni davom ettirdi yoxud Tursunovga "javob"

O'zbekiston OTJ hamda "Nasaf" klubi azosi Azizjon G'aniev Misr ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng "championat.asia" sayti orqali akalari va muxlislarga rahmat aytdi.

"Bugungi o'yindan oldin do'stlarim, akalarim Doston Tursunov, Odil Hamrobekov, Javohir Sidiqov gol urishimni aytib, omad tilashgandi. Xudoga shukur, niyatlari ijobat bo'lib Misr darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldim. SHu boisdan bugungi golimni Odil Hamrobekov, Doston Tursunov va Javohir Sidiqovga bag'ishlayman. 

Bugungi o'yin davomida bizlarni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga katta rahmat deyman. Andijondagi stadionda chinakamiga chiroyli muhit hukmronlik qildi. Aynan ularning daldasi meni ilhomlantirib yubordi. Kelgusi o'yinlarda ham muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz", - deya o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi Aziz G'aniev.

Qayd etish kerakki, kuni kecha O'zbekiston terma jamoasi safida debyut golini KXDR darvozasiga urgan Doston Tursunov ham saytimiz orqali golini Hamrobekov, G'aniev va Sidiqovga bag'ishlab, o'yindan avval aynan ular Dostonga gol urishi haqida ishonch bildirishganini gapirgandi. Endi esa Aziz G'aniev mazkur o'ziga xos fleshmobni davom ettirgan holda Doston Tursunovga qaysidir manoda javob qaytardi. 

Umid qilamizki, bu yoqimli anana, fleshmob terma jamoalarimiz ishtirokidagi o'yinlarda hali uzoq davom etadi.


Eslatib o'tamiz, bugun Andijonda o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston hamda Misr olimpiya terma jamoalari o'zaro kuch sinashishdi va mazkur bellashuvda vakillarimiz "Nasaf" azolari Bobir Abdixoliqov va Azizjon G'anievning gollari evaziga g'alaba qozonishdi.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика