So’nggi yangiliklar

16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  2 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  9 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  1 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  1 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  1 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  21 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4 10:56"Локомотив" эртага янги ўйинчиларни таништиради  1 10:45«Барселона» узоқ вақт қизиққан футболчисининг трансферидан воз кечди  3 10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  4 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  2 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  15 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1

Mirjalol Qosimov: "Suyunov va Nesterov asosiy tarkib uchun raqobatlashadi" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Suyunov va Nesterov asosiy tarkib uchun raqobatlashadi"

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov kechagi mashg'ulotlardan so'ng saytimizga qisqacha intervyu berib o'tdi.

"8 iyundan boshlab yig'ildik va mashg'ulotlarni boshladik. Nimagaki kecha (suhbat 8 iyun kuni bo'lib o'tgan) O'zbekiston chempionatida tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Yig'inga 24 futbolchini jalb etgandik. Biroq Server Jeparov Koreya chempionatida jarohat olib qolganligi bois 23 nafar futbolchi bilan tayyorgarlikni davom ettiramiz. Rejaga ko'ra bir haftalik yig'in tashkil etganmiz. Jahon chempionatining ikkinchi saralash bosqichi boshlanish arafasida turibdi. 16 iyun kuni KXDR bilan dastlabki tur o'yinini boshlab olamiz. Biz KXDR bilan bo'ladigan bellashuvga Eron bilan o'tkaziladigan o'rtoqlik bahsi orqali tayyorgarlik ko'ramiz. Biz joy olgan guruh yaxshi va qiziqarli. Bu guruhni oson deb bo'lmaydi. Bizning oldimizda turgan asosiy maqsad guruhda birinchi o'rinni egallab keyingi bosqichga yo'l olish. Tayyorgarliklarimiz yomon emas. Bugun yig'ilgan bo'lsak, erta-indin mashg'ulotlarni davom ettiramiz va keyin Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushamiz", - deya gap boshladi Mirjalol Qosimov.


- Himoya chizig'i xususida gapirib o'tsangiz. Bu yilgi mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan SHerzod Azamov terma jamoaga jalb etilmadi...

- - Hozircha tarkibda yangi futbolchilardan Ikrom Aliboev qo'shildi. Aliboev ilk bor terma jamoa bilan birgalikda mashg'ulotlarni o'tkazmoqda. Ayni paytda tarkibda katta o'zgarishlarni amalga oshirib, bir qator futbolchilarni sinab ko'radigan vaqt emas. Qisqa muddat ichida KXDR bilan bo'ladigan bahsga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. SHu bois terma jamoa safida o'ynash tajribasiga ega Egor Krimec, Islom To'xtaxo'jaev, SHavkat Mullajonov va Anzur Ismoilovlarni jalb etdik. SHerzod Azamov yaxshi o'ynashda davom etib harakat qilaversa kelajakda terma jamoa safidan o'rin olishi mumkin. Buni vaqt ko'rsatadi.


- Jalb etilgan darvozabonlarning ikkitasi, yani Ignatiy Nesterov va Akbar To'raev hozirgi kunda o'z klubida asosiy kiper hisoblanishmayapti va ular o'yin amaliyotisiz qolib ketishmoqda. Faqatgina Eldor Suyunov o'z jamoasida muntazam maydonga tushib kelmoqda. Asosiy tarkibda qaysi darvozabonni o'ynatish rejangiz bor yoki mashg'ulotlarga qarab postni kimga topshirishni aniqlaysizmi?

- Terma jamoaning yuki og'ir. SHu boisdan biz tajribasi bor darvozabonlarimizni terma jamoaga chaqirganmiz. Hali aytib o'tganimdek, qisqa vaqt ichida biz rasmiy o'yinga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Mashg'ulotlar jarayonidan kelib chiqib darvozabonalarimiz birini KXDRga qarshi o'yinda maydonga tushiramiz. To'g'ri, Ignatiy Nesterov o'yin amaliyotisiz qolib ketmoqda. Biroq ushbu posbon faoliyati davomida juda katta o'yinlardaYU xalqaro uchrashuvlarda maydonga tushgan va bu borada juda boy tajribaga ega. KXDR bilan bo'ladigan bellashuvda Eldor Suyunov yoki Ignatiy Nesterovni maydonga tushiramiz. Asosiy raqobat ushbu ikkala darvozabon o'rtasida kechadi. Bu ko'pincha tayyorgarlikka bog'liq. Kim tayyor bo'lsa, o'shanga ishonamiz. Bu o'yinga yaqin malum bo'ladi. Bizda nazorat uchrashuvlari, tayyorgarlik uchun ikki haftalik yig'inlar yo'q. Qisqa fursatli yig'inlarda yangi futbolchilarni sinovdan o'tkazish muammo. Ularni sinab olish uchun avvalo ko'proq nazorat va o'rtoqlik o'yinlari tashkil etish zarur. Barcha harakatlarimiz va qilayotgan ishlarimiz g'alaba qozonib, muxlislarimizni xursand etishdan iborat.


SHahboz Beg'amov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика