So’nggi yangiliklar

22:28Абдулмалик Анваровнинг ҳолати қандай?  2 22:08Фабио Каннаваро: "Имкониятим бўлганда кўпроқ футболчиларни жалб этган бўлардим, аммо ҳозирча 26та футболчини чақира оламиз"  8 21:59"Реал" икки ҳимоячини нишонга олди  1 21:30"Манчестер Юнайтед" Мактоминини қайтармоқчи  1 21:08УЕФАдан яна бир бор Исроилни барча турнирлардан четлатишни талаб қилишди  2 20:51Златан А Серия, АПЛ ва ЛаЛигани солиштирди  0 20:28Пьер-Эмерик Обамеянг: "Бу жуда катта хато бўлганди"  2 19:57АҚШ ФИФАга Кеннеди марказини 2026 йилги ЖЧ қуръаси учун бепул тақдим этади  0 19:34"Бавария" Меньян учун "Челси" билан рақобатлашади  1 19:07Интизом — энг муҳими. Аморим МЮда қатъий қоида жорий қилди  0 18:41Қозоғистон клублари Левченко, Абрамов ва Кападзега қизиқмоқда  20 18:14Салоҳ етакчилигидаги Миср Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  11 17:52Расман: Манчини Қатар клубида иш бошлади  1 17:30Франция бугун масалани ҳал қила оладими ва Грузиянинг сўнгги имкони! Барчаси терма жамоаларнинг топ ўйинлари ҳақида  0 17:10Мисрлик журналист: "Ўзбекистонга қарши учрашув Африка Кубоги учун услубни синовдан ўтказиш имконияти дегани. Салоҳ Месси эмас"  2

Mirzad Mexanovich: Andijon muxlislariga yoqadigan o'yinlar namoyish etamiz Yangiliklar

Mirzad Mexanovich: Andijon muxlislariga yoqadigan o'yinlar namoyish etamiz

Teglar :  Mirzad Mexanovich
Andijon klubiga yangi taklif qilingan bosniyalik legioner Mirzad Mexanovich jamoa bilan mashg'ulotlarda faol ishtirok etmoqda.

O'zini ko'rsatish borasida ishtiyoqi baland bo'lgan ushbu futbolchi «Andijon» klubi matbuot xizmatiga birinchi intervyusini berdi.

- Mirzad, «Andijon» futbol klubiga xush kelibsiz! Bu siz uchun yangi chorlov. Jamoamizga kelib qo'shilishingiz haqida o'ylaganmidingiz?

- Avvalo tabrik uchun rahmat. Bu erga kelganimdan baxtiyorman. Klubimiz ishqibozlari O'zbekistondagi eng yaxshilari ekanligi haqida eshitgandim. Fursatdan foydalanib ularga o'z salomimni etkazmoqchiman. Nasib qilsa, klub bilan muxlislarimizni quvontira olamiz. Darhaqiqat, bu men uchun yangi chorlov. Qozoq mentalitetidan sal xabardor edim. SHu bois hozir fikrlarimni ruschada ifodalab beryapman. O'zbekona mentalitetni ham o'zlashtira olishimga ishonchim komil. Qozoq va o'zbeklar bir-biriga juda ham yaqin millatlar, turmush tarzlari ham yaqin. Bu xuddi bizning Bolqondagi bosniyalik, serb va xorvatlar kabi o'xshash. O'ylashimcha, o'zbek diyorida menda biror muammo bo'lmasa kerak.

- Bu futbolchilik faoliyatingizda O'zbekistondagi ilk tajriba bo'ladi. Ilgari ham xizmatingizga bizning jamoalardan takliflar bo'lganmi?

- Takliflar bo'lgan, ammo ish oxirigacha etmasdan qolgandi. Bu safar esa hammasi butunlay boshqacha bo'ldi.

- «Andijon» muxlislari O'zbekistondagi eng yaxshilari. Klub qaerda o'ynamasin, ular o'sha erda hozir bo'lishadi. O'z navbatida ishqibozlarimiz o'ta talabchan. Siz har jihatdan tayyormisiz?

- Rostini aytsam, CHimkentda ham yaxshi jamoa va muxlislar bo'lgan. Stadionda 10-18 ming muxlislar ko'z o'ngida o'ynaganmiz va bunday bosim qanday bo'lishidan xabardorman. Biz o'yinchilar aynan ishqibozlar uchun futbol o'ynaymiz. Umid qilamanki, «Andijon» muxlislariga yoqadigan o'yinlar namoyish etamiz.

- Ilgari o'zbek futboli haqida malumotlarga ega bo'lganmisiz?

- Ha, ancha-muncha xabarim bor edi. Boz ustiga yurtingizda bolqonlik ko'plab o'yinchilar o'ynab kelishadi. Masalan, Yovovich mening do'stim hisoblanadi. U bilan CHexiyada to'p surganman. Vaqti-vaqti bilan gaplashib turamiz. Umuman olganda, tanishlarim bilan suhbatlar orqali yurtingiz va u erdagi futbol haqida ancha bilib olganman.

- Aftidan, asosiy malumotlarni Yovovich orqali bilib olgan bo'lsangiz kerak?..

- Faqat u bilangina emas. «Andijon»dan taklif olganimdan so'ng chempionatingizni yaxshi biladigan boshqa tanishlarim bilan ham yozishdim, gaplashdim.

- O'z oldingizga qanday maqsadlarni qo'yyapsiz?

- Birinchi navbatdagi maqsadim — bu murabbiyning mendan ko'ngli to'lishiga erishishdir. Asosiy tarkibdan joy olishni xohlayman. Xudo xohlasa, murabbiy, sheriklarim va muxlislar oldida uyalib qolmaslikka harakat qilaman.

- Muxlislarimizga aytadigan gapingiz bormi?

- Ulardan klubimizni har doim qo'llab-quvvatlashda davom etishlarini so'rayman. O'z o'rnida biz ham ishqibozlarizga yoqadigan o'yinlar namoyish etishga harakat qilamiz va birgalikda yaxshi natijalarga erishamiz, degan umiddaman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика