So’nggi yangiliklar

10:44"Манчестер Юнайтед" Германия терма жамоаси ҳужумчисини нишонга олди  0 09:53Месси шарафига "Камп Ноу"да унинг ҳайкали ўрнатилади  2 09:26Португалия терма жамоаси устози Роналдунинг қизили ҳақида фикр билдирди  7 09:20Испания терма жамоасининг собиқ бош мураббийи: "Бундай хатти-ҳаракатлари билан Ямал чўққида узоқ туролмайди"  6 09:00Мбаппе ушбу натижага эришган тарихдаги иккинчи футболчи  1 08:32Португалия ЖЧ-2026 га чиққан тақдирда Роналду биринчи турни ўтказиб юборади  2 08:06"Ал Айн Кубоги". Бугун терма жамоамиз Салоҳ бошчилигидаги Мисрга қарши баҳс олиб боради  5 07:41ЖЧ-2026 саралаши. Африка қитъасида ярим финал учрашувлари бўлиб ўтди  0 02:42ЖЧ-2026 саралаш. Италия имкониятни сақлаб қолди, Франция ҳал қилди, Роналду қизил олди ва бошқа натижалар  18 01:26Оскар фаолиятини якунлаши мумкин  1 00:54"Бавария" Нойер билан шартномани узайтирмоқчи  0 00:38Камавинганинг ҳолатига бугун баҳо берилади  0 00:13U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон Хорватияга қарши ўйинга тайёргарликни давом эттирмоқда  1 23:57ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан йирик ғалаба, Холанддан дубль ва мавсумдаги 30-гол  3 23:32ЖЧ-2026 саралаши. "Омадсиз"лар дербисидаги биринчи ўйинда дуранг  3

Mirzad Mexanovich: Andijonlik muxlislar O'zbekistonda birinchi raqamli ekanligini eshitgandim, bunga o'zim guvoh bo'ldim Yangiliklar

Mirzad Mexanovich: Andijonlik muxlislar O'zbekistonda birinchi raqamli ekanligini eshitgandim, bunga o'zim guvoh bo'ldim

Nasafga qarshi bahsdan keyin Mirzad Mexanovich Andijon matbuot xizmati uchun intervyu berdi.

- Mirzad, birinchi marta «Bobur arena»da o'ynadingiz va bu ochilish uchrashuvi edi. Atmosfera haqida qanday tasavvur qigandingiz?

- Avvalo, bizni qo'llash uchun stadionga tashrif buyurgan muxlislarimizga kattakon rahmat aytmoqchiman. Rostini aytsam, shunday muhitni kutgandim. Chunki bu erning ishqibozlari O'zbekistonda birinchi raqamli tomoshabinlar hisoblanishini ko'p eshitgandim. Bunga o'zim guvoh bo'ldim.

- 1:1 natijasi bilan yakunlangan uchrashuv borasida nima deya olasiz?

- Aytish kerak, biz bu o'yinlarni yutishni istagandik. Bu orqali muxlislarimizni baxtiyor qilish maqsadimiz bor edi. O'ylaymanki, bellashuvlarni yomon o'tkazmadik va maydonda borimizni berib to'p surdik. Ayniqsa, ikkinchi bahsda jonbozlik ko'rsatdik, axir chempionlarga qarshi to'p surdik.

- Faoliyatingiz davomida ko'plab klublarda o'ynagansiz va bu kabi muxlislikni oldin yana qaerlarda ko'rgansiz?

- Bizda — Bosniyada «Jeleznichar

Saraevo»ning fanatlari shunaqa. Shuningdek, «Ordabasi»da o'ynab yurgan kezlarimda bizni qo'llash uchun stadionga 20 ming ishqiboz tashrif buyurgandi. Bu erda har bir uy o'yinimiz uchun stadion doim ishqibozlarimiz bilan to'lib toshishini eshitdim. Bunga o'zim ham bevosita guvoh bo'ldim. Bunday qo'llab-quvvatlashdan keyin jamoa ham 100 foiz to'liq kuch bilan o'ynaydi.

- Uchrashuv davomida sizga yana nimalar yoqdi?

- Menga yigitlarning yuragi yonib o'ynashlari juda ham yoqdi. Jamoada yangilar ko'p va bir-birimizni tushunib olish uchun biroz vaqt talab qiladi. Shuni ishonch bilan aytamanki, o'yindan-o'yinga o'tib borgani sayin biz bir-birimizni so'zsiz tushuna boshlaymiz.

- May oyida Superkubok o'yinida aynan «Nasaf» bilan o'ynaymiz. Endi siz ham ushbu raqibni yaxshiroq bilasiz...

- Superkubokkacha hali uzoq va bu haqda o'ylashga erta. Biz uchun eng asosiysi, «Navbahor»ga qarshi o'yin haqida o'ylash va shunga tayyorlanish. Xudo nasib qilsa, yangi mavsumdagi ilk g'alabani aynan o'sha bahsda qo'lga kiritamiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика