Eshitdik-da! "Andijon" ikki nafar legioner bilan shartnoma imzolaydi
26 dek 2024 16:49
Yangiliklar
Eshitdik-da! "Andijon" ikki nafar legioner bilan shartnoma imzolaydi
"Burgutlar" qishki transferlar oynasida tarkibiga ikki nafar legionerni qo'shib olish arafasida. Tomonlar tez orada rasman shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ulardan biri bosniyalik Mirzad Mehanovich bo'lib, 1993 yilda tug'ilgan hujumkor yarim himoyachi shu vaqtgacha "ML Boleslav", "Kolin", "Podbrezova", "Varnsdorf". "Yablonec", "Fastav Zlin", "Ordabasi", "FK Tuzla Siti", "Al SHola", "Radnik Bielina" jamoalarida to'p tepgan. Premer-Liga BiG 2024/2025 mavsumida 15 ta o'yinda 2 ta gol, 8 ta assist muallifiga aylandi.Transfermarket portalida uning narxi 350 ming evro ko'rsatilgan.

Ikkinchi legioner rossiyalik Islam Mashukov. 1995 yilda tug'ilgan hujumchi Qozog'izstonning "Elimay" jamoasidan kelmoqda. Faoliyati davomida "Alaniya", "Spartak Nch", "Orenburg", "Ximki", "Volgar", "Dila", "SKA-Energiya", "Akademiya CSKA", "GorIS-179" jamoalari libosida harakat qilgan. 2024 yil Premer-Ligada 12 ta o'yinda maydonga tushdi va 2 ta gol, 1 ta assist qayd etdi. Transfermarket portalida 750 ming evroga loyiq ko'rilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar