So’nggi yangiliklar

12:57"Фенербахче" Гендузини сотиб олди  0 12:30Кемалар шайланмоқда. Қайиқлар-чи?  1 12:00Бугунги ўйинлар: “Боруссия Д” сафарда, футзалда қизиқарли баҳслар ва бошқалар  0 11:38"Милан" Меньянга клуб тарихидаги энг юқори маошни таклиф қилди  4 11:10Ўтган мавсум "Нефтчи" билан чемпион бўлган футболчи фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 10:47Пўлатхўжа Холдорхонов: “Худо хоҳласа, “Андижон”га ҳам чемпионликни ният қилиб келдим”  4 10:20"Реал" етакчиси финалда ўйнаши мумкин  2 09:52"Мураббийлар қотили" - Маттейс де Лигт  6 09:24Алонсо "Реал Мадрид"нинг Испания Суперкубоги финалига чиққанига муносабат билдирди  5 08:55Хебайнинг янги жамоаси деярли аниқ  16 08:28Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди  20 08:00Шота Арвеладзенинг жияни Суперлига жамоасида кўрикдан ўтмоқда  4 07:25АПЛ. Марказий учрашувда дуранг қайд этилди  7 01:59Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз  37 01:42Канселу эртага "Барса" учун тиббий кўрикдан ўтади. Клуб барчасини "Ал Ҳилол" ва Мендеш билан келишиб олди  1

Mirko Yelichich "Yilning eng yaxshi murabbiyi"? Yangiliklar

Mirko Yelichich "Yilning eng yaxshi murabbiyi"?

Teglar :  Mirko Yelichich
"Lokomotiv" jamoasi bilan chempionlik unvonini qo'lga kiritgan Mirko Elichich, 2016 yil yakunlariga ko'ra O'zbekistonning eng yaxshi murabbiyi etib topilishi mumkin.

Garchand o'yinlar qaydnomasida Andrey Miklyaev qayd etilgan bo'lsada, "PRO" licenziyasi yo'qligi uchun bosh murabbiy vazifasini astraliyalik mutaxassis bajardi.

SHu kungacha faqat bir marotaba horijlik mutaxassis O'zbekistonda eng yaxshi murabbiy bo'la olgan. Bu unvonga 2004 yil turkmanistonlik Tachmurod Agamurodov erishgan.

"Nasaf" kubok finalida g'alaba qozonadigan bo'lsa, Ro'ziqul Berdievning ham imkoniyati oshishi tabiiy.

SHu kungacha 6 nafar horijlik murabbiy "eng yaxshilar" qatorida etirof etilganlar. 1998 yil "So'g'diyona" murabbiyi Aleksandr Myagkov, Yuriy Vazgenovichdan keyin ikkinchi bo'lgandi. Ukrainalik Sergey SHevchenko esa ketma-ket uch marotaba laureatlar qatoridan joy olgan. U 1999 yil "Andijon" ustozi sifatida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan. 2000 va 2001 yillarda esa "Qizilqum" bilan erishgan ijobiy natijalari tufayli kuchli uchlikka kirgandi. 2004 yilda Xans-Yurgen Gede uchinchi bo'lgandi. "Mashal"dagi muvaffaqiyatidan so'ng Viktor Kumikov 2007 yilda, OFK Kubogida zafar quchgan Anatoliy Demyanenko 2011 yilda yaxshilar orasida uchinchi bo'lgan edilar.

"Yilning eng yaxshi murabbiyi" nominaciyasida eng ko'p g'alaba qozongan mutaxassis, Yuriy Sarkisyandir. "Neftchi" bilan ko'plab yutuqlarni qo'lga kiritgan metr murabbiyning hisobida 5ta sovrin bor. 

"Eng yaxshi murabbiy" nominaciyasida Jasur Abduraimov ham poygaga qo'shilishini taxmin qilsa bo'ladi. Undan tashqari, "Buxoro" bilan to'rtinchi o'rinni egallagan Jamshid Saidov ham laureatlar qatoridan joy olishi mumkin.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика