So’nggi yangiliklar

12:19"Ювентус" юлдуз футболчининг трансфери бўйича музокараларни тўхтатди  0 11:53Расман: "Динамо" словениялик хавбек трансферини эълон қилди  1 11:29Сенегал президенти 19 январни ҳақ тўланадиган дам олиш куни деб эълон қилди  1 10:43"Челси" "Ренн" ҳимоячиси билан шахсий шартнома бўйича келишди – Романо  0 10:15Иньеста Африканинг топ терма жамоаси мураббийлар штабига кириши мумкин  0 09:47Хаби Алонсо "Реал"дан кетгандан кейин қайси клубда ишини давом эттириши мумкинлиги маълум бўлди  4 09:31Флик "Барселона"нинг "Реал Сосьедад"га мағлубиятини изоҳлади  8 09:04Sofascore.БААдаги "Ўзбек дерби"сида Шукуров ва Ғаниев неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:42Акаки Шулая ўзига янги жамоа топди  0 08:20Африка Миллатлар Кубоги. Мусобақанинг энг яхшилари аниқланди  1 07:51"Барселона" собиқ футболчиси Қозоғистоннинг "Актобе" клубига ўтди  6 07:25Марокаш бош мураббийи – Сенегалга қарши можароли ўйин ҳақида: "Африка футболи кўриниши жуда шармандали бўлди"  10 03:45Саудия Арабистони чемпионати. Сенсация қайд этилмади, "Ал Қодисия", "Ал Таавун" ва "Ал Ҳилол" ғалабага эришди  0 03:24Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди  116 03:20А Серия. "Рома" ва "Милан"да ғалаба  3

Kemalar shaylanmoqda. Qayiqlar-chi? Yangiliklar

Kemalar shaylanmoqda. Qayiqlar-chi?

Teglar :  Superliga
Ingliz alifbosining oxirgi harflari bilan ataladigan avlodlardan ilgari dunyoga kelganlar orasida "Titanik" filmini, hech bo'lmaganda, kemaning burnida qo'llarini atrofga yoyib turgan Rouzning mashhur kadri yoki saundtreki uchun tomosha qilmagan odam topilmasa kerak.

Film o'z yo'liga. Ammo kemaning aysberg bilan to'qnashuvi, go'yo Zidan uslubida "zarba berish"ga urinib, muvaffaqiyatsiz chiqqanini tasdiqlovchi real faktlar bilan tanishgan kishi bir og'riqli haqiqatga duch keladi.

Kema cho'kmasligiga ishonch shu qadar baland ediki, zaxira qayiqlari etarlicha yuklanmagan. Hatto halokat paytida mavjud qayiqlardan ham to'liq foydalanilmagan. "Kema cho'kmaydi", degan ishonch ehtiyot choralaridan ustun qo'yilgan. Oqibatda esa minglab odamlar aynan ko'rinmas, ikkinchi darajali deb hisoblangan detallar sabab halok bo'lgan.

Milliardlar o'yinida ham manzara o'xshash. Kemani asosiy tarkibga qiyoslasak, jamoalardagi ulkan maqsadlar, yig'inlar, tayyorgarlik jarayoni bir qaraganda, binoyidek ko'rinishi mumkin. 

Ammo zich taqvim, mavsumning uzoq davom etishi, terma jamoaga chaqiruvlar, klublar ishtirokidagi xalqaro o'yinlar va bosim kuchaygan pallada 7-sinfdagi algebra masalalari singari tushunarsiz savollar paydo bo'lishi ehtimoldan yiroq emas.

Kutilmagan lahzada korablning qarshisidan aysberg chiqqanidek, klublar ham muammolarga duch kelishi tabiiy hol. Bunday sharoitda uyga ikkita tarvuzni qo'ltiqlab kirib boradigan natija qayd etish faqat asosiy tarkibga emas, balki klubning butun tizimiga bog'liq bo'lib qoladi.

O'zbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga muzqaymoq tatib ko'rish uchungina bormasligi yo'lida katta tayyorgarlikni o'tkazish niyatida. Fabio Kannavaroning murabbiylik faoliyatidagi mashhurligi "Oltin to'p" qo'lga kiritgani yoki sportga oid turli tadbirlardagi ishtirokining soyasida qolib ketmasligi uchun jiddiy bel bog'lagan.

Terma jamoaning jahon chempionati va Osiyo kubogi yo'lidagi uzoq muddatli yig'inlari hamda klublar o'rtasidagi qita turnirlari ko'pgina futbolchilarni avvalgidan ortiqroq ter to'kishga majbur qiladi. Bu esa ularni jarohatga yoki jismoniy toliqishiga sabab bo'lishi mumkin.

Bundan nafaqat futbolchining o'zi, balki uning klubi ham jabr chekishi mumkin. Stadionlar bodringrangga burkangan, bazan qovundan rang olgan yoki sochlariga oq oralagan pallalarda ham to'pteparlar javlon urishiga to'g'ri keladi. Shu bois, "shalpangquloq" yoki jon saqlab qolish ilinjidagi klublar asosiy tarkibni shakllantirishdan tashqari yana bir necha omillar uchun bosh qashishiga to'g'ri keladi.


ZAXIRA – ZARURAT

Ko'pgina jamoalar asosiy tarkibni qurollantirishga bel bog'lgan chog'da yangi mavsum ayniqsa, etakchi jamoalar uchun zaxiradan o'rindig'i zaruratini paydo qiladi. Masalan, "Neftchi" va "Paxtakor" klubining ko'pgina futbolchilari Superliga va kubok o'yinlaridan tashqari xalqaro miqyosidagi musobaqalar hamda terma jamoa yig'inlarida ishtirok etadi. Shunday paytda esa metan gaz va toza havo singari zarur ochkolar uchun qo'shimcha kuch talab etiladi. Umuman olganda, bu jarayon Arximedning hayqirig'iga arzirli emas, murabbiylar mavsum davomida intervyularda bu haqda bot-bot takidlashadi. Biroq yangi mavsumda zaxira katta kuchga aylanishi turgan gap, qo'shimcha kuchlarni qishga ko'mir g'amlagandek jamlamagan jamoalarni esa muhim ochkolar borasida neftga boy mamlakatlardan birining etakchisi bilan bog'liq hodisa kutishi mumkin. Shu bois zaxira o'rindig'ini kadastr qilib olgan bazi futbolchilarning qiymati ham yangi mavsumda oshishi kutiladi.

ROTACIYA

Tavakkalning sartaroshga ishi tushmaydi degan naql bor. Qaysidir murabbiy uning oqibatidan cho'chimasa, yana qaysidiri o'zi shakllantirgan asosiy tarkibni qo'ltiqtayoq bilan bo'lsa-da, muntazam o'ynatishga harakat qiladi. Biroq bu qaror har doim ish bermasligi mumkin. Jumladan, tarkibdagi barcha futbolchilar orasida o'rtacha daqiqalarga ega bo'lish, yani rotaciyaga ko'proq qul urish borasida "Navbahor", "So'g'diyona", "Andijon" kabi klublar etakchi bo'lsa-da, turnir jadvalida sovrindorlar qatoriga yaqinlasha olmadi. Aksincha, boshqa jamoalarga nisbatan kamroq rotaciyaga qo'l urgan "Neftchi", "Paxtakor" va "Nasaf" kuchli uchlikni tashkil etdi. Biroq bu faktor rotaciyaning zararli ekanligini ifodalamaydi. Negaki, etakchi jamoalarning tarkibidagi futbolchilar barqaror o'yin namoyish etishgan bo'lsa, rotacion sifatida tilgan olingan jamoalarning aksariyatida murabbiy va futbolchilar o'zgarishi (transferlar) ro'y berdi.

TIKLANISH VA TIBBIY SHTAB AHAMIYATI

Yangi mavsumda etakchi klublar azolari zich taqvimda asosiy raqib sifatida "Neftchi", "Paxtakor" yoki "Nasaf" emas, balki toliqish bilan jiddiy kurashishiga to'g'ri keladi. Ayniqsa, muxlislar suratga tushishni yoki libosini olishni istagan futbolchilar uchun tiklanish va jarohatga yo'liqmaslik katta ahamiyatga ega. Bunday xavotir butun dunyoda mavjud. Hatto suvda baliqday sho'ng'iydigan faslda klublar o'rtasidagi jahon chempionatining o'tkazilishi futbolchilarning jismoniy holatiga tasir qilishidan cho'chigan gigant klublarning xavotiriga sabab bo'lgan. Shu bois ko'zga ko'rinmas qahramonlardan bo'lgan tibbiy va fitnes shtab azolari ham yil yakunida bajargan vazifasiga ko'ra medal bilan taqdirlansa arziydi.

YOSHLAR

So'nggi yillarda ko'pgina jamoalar yoshlarni to'p yoki suv olib keluvchi emas, asosiy sistemaning bir bo'lagi sifatida ko'ra boshladi. Imkoniyat taqdim etilgan yoshlar esa faqat to'yda emas, maydonda ham yaxshi o'yin namoyish eta olishini ko'rsatdi. Bu esa yoshlar o'rtasidagi xalqaro musobaqalarda ham samara ko'rsata boshladi. Yildan-yilga yoshlarga ko'proq imkoniyat berilayotgani kishini quvontiradi. Jumladan, o'tgan mavsumda mo'ylovi endigina sabza urayotgan Mirkomil Murodov (15 yosh), Ozodbek Rajabov (16 yosh), Ayubxon Muxtorv (17 yosh), Behruz Karimov (17 yosh) va boshqalarga Superliga havosidan nafas olish imkoni berildi. Uzoq muddatli mavsum hamda terma jamoa va xalqaro musobaqalarda ishtirok etayotgan etakchi futbolchilarga dam berish maqsadida ham o'spirinlarga bo'lgan talab yangi mavsumda yuqori bo'lishi turgan gap.

XULOSA O'RNIDA

Futbolni yaxshi ko'radigan biz tengi ixlosmandlarning o'zi, dadasi va dadasining dadasi orzu qilgan fursatga yaqin qoldi. Shunday ekan, klublar mundial tufayli yuzaga keladigan zich taqvimga muammo sifatida emas, balki professionallik darajasini ko'rsatadigan sinov deya qarashsa to'g'riroq bo'lardi. Transferlar oynasida mobaynida tarkibni to'g'ri shakllantirgan, qishki tayorgarlik jarayonida rotaciyaga qo'l urgan holda turli taktik usullarni sinab ko'rgan, tiklanish jarayonini to'g'ri olib borish hamda yoshlar bilan tizimli ish olib borgan klublar bu jarayonda Telegramda notanish profildan kelgan faylni ochib qo'ygan odam singari ahvolga tushib qolmaydi. Barchamiz maysarang kartasi bekor qilingan mamlakatda (yoki qo'shnilarida) terma jamoamizning uzoqroqqa borishini istaymiz. Biroq terma jamoa maqsadi yo'lida ichki chempionat ham rivojlanishi shart. Chunki katta turnirlarga olib boradigan yo'l mahalliy chempionatlardan boshlanadi.


"Titanik" yana aysbergga urilgan taqdirda ham zaxira qayiqlari va qo'shimcha choralarning etarli bo'lishi ko'p narsani saqlab qolishi mumkin.


Oqil Abdubarnoev

Reyting: +2   

Fikrlar

+1   
09 jan 12:38:22
Жамшид Jamshid
Гейнрихга ухшагани чикмаса бу ривожланиш эмас. Качонки креативный техникали еш уйинчи чикса шунда махорати деса булади
   
09 jan 23:22:12
Akbar Umarov
Tarkib tomonlama dangali aytsam 2026 yildagi yangi mavsumda Super Ligada CHempionlik Paxtakor PFC, Neftchi, Navbahor, Andijonlar o'rtasida kechsa kerak. Nasaf bo'lsa yoshlar bilan uzag'i bilan nari borsa 5-10 o'rinlardan birini olsaham katta gap
   
09 jan 17:41:24
Zayniddin Raximov
9 ойлик шартнома
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика