So’nggi yangiliklar

20:49АПЛда бунақаси сўнгги 10 йилда биринчи марта содир бўлди  1 20:23Суперлига. Турнинг сўнгги баҳсида "Сурхон" "Андижон"га ҳеч қандай имконият қолдирмай йирик ҳисобда мағлуб этди  66 19:49Инфантино ASEAN Кубогини тақдим этди  0 19:25"Бухоро" "Пахтакор"дан реванш оладими ёхуд "шалпангқулоқ" кимга насиб этади?  10 19:11Россия терма жамоаси футболчисини ўғирлаб кетмоқчи бўлишди  0 18:49Айбек Нурбаев: "Локомотив"ни мағлуб этишга кучимиз етмайди"  1 18:32Мирко Йеличич: "Жайхун"да босим йўқ, улар бемалол футбол ўйнашлари мумкин. Бизда эса вазифа футболчиларга бироз босим бермоқда"  0 18:20Халқаро майдонда фаолият олиб борувчи ўзбекистонлик мутахассислар сони ортди  0 18:09Шавкат Юсупов: "Охирги икки учрашувда максимал очко йиғишга ҳаракат қиламиз"  3 17:54Неъматулла Қуттибоев: "Суперлига йўлланмаси учун охиригача кураш олиб борамиз"  2 17:20Про лига. "ФарДУ" "Арал" билан муроса кўчасини танлади, "Локомотив" "Жайхун" дарвозасига 5 та тўп киритди  0 17:02Расман: "Ювентус" Тудорни истеъфога чиқарди  18 16:23"Сўғдиёна" сўнгги икки уй учрашувини Жиззахда ўтказмайди  3 15:55"Барселона" — Мбаппенинг "севимли" жамоаси  41 15:25"Манчестер Сити"да Гвардиоланинг давомчиси ким бўлади?  2

Mirko Yelichich: "Jayxun"da bosim yo'q, ular bemalol futbol o'ynashlari mumkin. Bizda esa vazifa futbolchilarga biroz bosim bermoqda" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "Jayxun"da bosim yo'q, ular bemalol futbol o'ynashlari mumkin. Bizda esa vazifa futbolchilarga biroz bosim bermoqda"

Pro liganing 18-turi doirasida "Jayxun" – "Lokomotiv" (2:5) uchrashuvidan keyin "temiryo'lchilar" bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

"O'yin oson o'tmasligini oldindan bilardik. Jamoaning kayfiyati yaxshi edi. "Jayxun"ning o'yinlarini ko'rgandik, ular qanday harakat qilishlarini taxlil qilgandik. Pro ligadagi birinchi mavsum uchun o'yinlar yomon emas. Mashg'ulotlarda yigitlarga ularning o'yinlarini yaxshi ekanligini, iqtidorli futbolchilarini tushuntirgandim. "Jayxun" futbol o'ynashga harakat qilmoqda, bu taxsinga sazovor", – dedi Yelichich.

- Bugun "Jayxun" futbolchilariga nima bo'ldi deb o'ylaysiz?

- "Lokomotiv" tarkibida tajribali futbolchilar ko'p. "Jayxun"da bosim yo'q, ular bemalol bosimsiz futbol o'ynashlari mumkin. Bizda esa oldimizga qo'yilgan vazifa bor va bu futbolchilarni biroz bosim ostiga qo'ymoqda. Umuman olganda "Jayxun" yaxshi jamoa, ular bugun yomon o'ynagani yo'q.

- 4:0 hisobidan keyin "Lokomotiv" bo'shashib qoldi...

- Pro ligada o'yinlar ko'p emas. Bunday paytda futbolchilarni doim ham almashtira olmaymiz va barqarorlikni ushlash ham qiyinroq. 4:0 dan keyin kam o'yin amaliyotiga ega futbolchilarni maydonga tushirdik. Ular mavsum davomida ko'p ham o'ynagani yo'q. Va albatta, 4:0 dan keyin fikrlash ham o'zgaradi va odam bo'shashadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика