So’nggi yangiliklar

01:59ЛаЛига. Ньом 36 сонияда қизил олган баҳсда "Реал"дан ғалаба  46 01:43А Серия. "Милан" Пиолининг "Фиорентина"сини мағлуб этиб, пешқадам бўлиб олди  2 01:01Жейми Каррагер: "Ливерпуль" кучлироқ эди. МЮ фақатгина шундай тарзда "Энфилд"да ғалаба қозона олиши мумкин"  4 00:36Рубен Аморим: "Мусиқа танлашда футболчилардан кўра таъбим яхшироқ"  0 00:35​Суперлига. "Нефтчи" - ОКМК 1:0   0 00:17Арне Слот: "Чуқур ҳимояланадиган жамоага қарши ўйнаш доимо қийин"  5 23:47Харри Магуайр: "Ниҳоят "Ливерпуль"ни мағлуб қилдик, бу ёқимли"  2 23:15АПЛ. "Ливерпуль" - "Манчестер Юнайтед" учрашувидан кейинги фактлар  1 22:57Миржалол Қосимов: "Биринчи таймда оддий вазиятдаги хато бизга қимматга тушди"  3 22:45Виталий Левченко: "Биз учун ҳар бир ўйин олти очколи"  4 22:28АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Энфилд"да "Ливерпуль"ни мағлуб этди, Магуайр яна қаҳрамон!  86 21:55Тудор "Ювентус"нинг мағлубиятига изоҳ берди  1 21:28Суперлига. "Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашувидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:12Акмал Рустамов: "Қизил карточка ва пенальти ўйинни ҳал қилди"  1 20:49Камолиддин Тожиев: "Режаларимизни очиқлай олмайман. Ҳар бир позицияга иккитадан футболчи бор"  5

Mirko Yelichich: "90 daqiqa mobaynida hujumda o'ynab, ikkita golni standartdan o'tkazib yuborish... Bu haqda gapirish qiyin" Yangiliklar

Mirko Yelichich: "90 daqiqa mobaynida hujumda o'ynab, ikkita golni standartdan o'tkazib yuborish... Bu haqda gapirish qiyin"

Pro-liganing 17-turida "Lokomotiv" - "FarDU" bahsidan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich matbuot anjumanida qatnashdi.

- Birinchi bo'limni bo'sh boshladik. Lekin o'yinni nazorat qilib turgandik. Chunki biz asosan to'pni ushlab turish uchun tizim yaratgandik. Raqiblar birinchi bo'limda unchalik ko'p hujum qilishmadi. Ularga gol urishi, o'yinning intensivligi oshishi uchun biz yordam berdik.

- Bugun jamoa standartlardan keyin ikkita gol o'tkazib yubordi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Etiborsizlik. Yigitlar bo'layotgan voqeliklarga shunchaki qarab turishdi va reakciya qilishmadi. Bu haqda men ko'p gapirganman. Poziciya bu alohida narsa, lekin etibor to'pda bo'lishi kerak. Tarkibda 2-3 nafar bo'yi uzun futbolchilar bor. Ular bunday paytlarda xavfni bartaraf qilishlari kerak. Chunki standartlar o'yin taqdirini hal qilishi mumkin. 90 daqiqa mobaynida hujumda o'ynab, ikkita golni standartdan o'tkazib yuborish... Bu haqda gapirish qiyin.

- Umuman olganda jamoaning o'yinidan mamnunmisiz?

- Darajani oshirish kerak. Biz esa o'sha darajani izlayapmiz. Shuningdek, barqarorlikni ushlash kerak. 90 daqiqa davomida mehnat qilyapsizmi, sifatli ishlash kerak. Bo'shashsangiz istalgan raqib qiynab qo'ya oladi. Hozir jamoaning o'yini unchalik yomon emas, lekin o'yindan-o'yinga darajani oshirish kerak. Aynan shu narsa hozir jamoaga etishmayapti. Qo'shish uchun esa ishlash kerak.

- Jamoa bugun uydagi so'nggi o'yinini o'tkazdi. Oldinda 3 safar o'yini kutib turibdi. 

O'yinlar qiyin bo'ladi, ayniqsa "Aral" hamda "Jayxun"ga qarshi bahslar. Chunki u erdagi maydonda futbol o'ynash qiyin. Bunday maydonda harakat qilmasdan chempionlikni qo'lga kiritishning imkoni yo'q. Bu holatni o'rganib chiqishimiz kerak.

- "FarDU" jamoasi haqidagi fikrlaringiz.

- Ular 5-3-2 tizimida o'ynayotganida ko'p rejalari amalga oshmoqda. Agarda 4-4-2 sxemasida o'ynashganida bizning rejalar o'xshagan bo'lardi. Murabbiy almashganidan keyin ular zich futbol o'ynashmoqda. Hozir jamoa nima qilish kerakligini bilmoqda, futbolchilarning o'zlarida etarlicha fikrlar bor.

- Farg'onadagi o'yindan keyin Siz maydonning holatini yomon va futbol o'ynashga noqulay deb aytgandingiz.

- Yo'q, unday demaganman. U erda futbol o'ynasa bo'ladi. Shunchaki maydon oyoqlar va mushaklar uchun biroz zararli, maydon notekis holatda edi. Chim yaxshi, biroq maydonning o'zi notekis bo'lgandi. Agarda krossovkada stadionga chiqsangiz maydonning notekisligini sezasiz. U erda 90 daqiqa o'ynash biroz qiyinchilik tug'dirdi. Lekin umuman olganda maydon yaxshi holatda.

Reyting:    

Fikrlar

+1   
18 okt 20:35:39
Жамшид Jamshid
Битта жойда натижа килмаган тактика курсатаман мурабийлар бизда жамоадан жамоага айланиб юруради. Бунда футбол ривожланмиди. Ривожланмаяпти хам.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика