So’nggi yangiliklar

15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  3 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  1 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  11 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  3 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  4 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  8 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0 12:49Пол Гаскойнни ҳушсиз ҳолда топишди  1 12:20Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  0 12:00Камолиддин Мурзоев: "У яна топ-5га қайта олади, Шомуродов-Файзуллаев тандемидан ўзбек футболи ва терма жамоа ютади"  8 11:31"Рома" "Ланс" футболчисини сотиб олди  0 11:14Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада. Кимда қандай ўзгариш?  16 11:05ПСЖ бош мураббийига “Реал“ футболчиси керак  2 10:43“Ливерпуль“ Диаснинг ўрнига “Реал“ футболчисини олиб келади  10 10:19МЮ яна бир ҳужумчисини сотишга тайёр. Унга А Сериядан таклифлар бор  1

Mirjalol Qosimov ushbu mavsum oldidan "Olimpik"dan qaysi futbolchini olishni istaganini aytdi Yangiliklar

Mirjalol Qosimov ushbu mavsum oldidan "Olimpik"dan qaysi futbolchini olishni istaganini aytdi

Superliganing uchinchi turidan o'rin olgan "Olimpik" - OKMK (0:1) jamoalari to'qnash kelgan uchrashuvdan so'ng OKMK jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O'yin haqidagi fikrlaringiz?

- Televizor orqali muxlislarni jalb etish uchun aylantiraliyotgan rolikni ko'rdim. Biz uchun bugungi uchrashuv juda muhim edi. "Bunyodkor"ga qarshi o'tgan uchrashuvda juda ko'p xatolarga yo'l qo'ygan edik, bugun esa xatolarni ancha kamaytirdik va shu sabab g'olib bo'ldik. G'alabaga loyiq edik deb o'ylayman. Mehmonda "Olimpik"ka qarshi o'ynash ham oson emas.

- Vitaliy Denisovning o'yinlariga va zaxiraga olinganiga izox berib o'tsangiz?

- Denisovni 5 yoshidanoq bilaman. Sariq kartochka olgani va ikkinchi taymda ko'proq kurashlar ostida kechgani sabab uni zaxiraga oldim.

- Birinchi bo'limda qanot himoyachilarngiz xujumga qo'shilmadi. Ikkinchi bo'limda esa almashtirishlardan so'ng qanot himoyachilar xujumga qo'proq o'tishdi. Qanot ximoyachilarining birinchi bo'limda passiv o'yiniga nima deya olasiz?

- Birinchi bo'limda ham qanotdan xujum qilishga harakat qildik, lekin "Olimpik" jamoasi ham maydonga g'alaba uchun chiqqan edi. Bizda birinchi taymda qanotdan to'p uzatishga bir nechta imkoniyat bo'ldi.   

- "Olimpik" jamoasidan kimlarni o'z jamoangizda ko'rishni xohlaysiz? Masalan Hamraliev ushbu mavsum oldidan "Paxtakor"ga o'tdi, siz ham "Olimpik" o'yinchilariga qiziqish bildirganmidingiz?

- Ha, biz Hamralievni tarkibimizga olmoqchi edik, lekin u "Paxtakor"ni tanladi. Boshqa o'yinchilarga qiziqish bildirmaganmiz, lekin ular bizning jamoadan futbolchini o'z safiga qo'shib olishdi. 

SHu fursatdan foydalanib Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston U-20 terma jamoasiga ertangi finalda omad tilayman!

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика