So’nggi yangiliklar

12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  0 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  0 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  4 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  5 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1 08:30Аббосбек Файзуллаев янги жамоасида машғулотларни бошлаб юборди  11 08:25Лига Кубоги. "Интер Майами" ғалаба қозонди, Месси ўз ҳисобига иккита голли узатма ёздириб қўйди  6 08:01"Андижон" трансфернинг сўнггида яна икки нафар футболчи билан шартнома тузди  5 07:34"Навбаҳор" икки нафар "Олимпик"нинг собиқ футболчилари билан шартнома имзолади  1 03:15Равшан Эрматов билан дуч келган мундиалда майдонга тушиш учун пул тўлаган, "Атлетико Мадрид" либосини кийган ҳамда Арманистонда рекордлар қайд этган "Насаф"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз   2 00:40"Барселона" бош мураббийи Флик: "Рэшфордни кўп йиллардан бери кузатиб келаяпман"  3

Mirjalol Qosimov: "G'alabani Kombinatning 70 yillik yubileyiga bag'ishlaymiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "G'alabani Kombinatning 70 yillik yubileyiga bag'ishlaymiz"

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov Superliga 22-tur doirasidagi "Bunyodkor" (2:0) ustidan qozonilgan g'alabadan keyin matbuot anjumanida jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

Mirjalol Qosimov: - Muhim o'yinda g'alabaga erishdik. Ushbu g'alabani Olmaliq Kon Metallurgiya Kombinatining 70 yillik yubileyiga bag'ishlaymiz! Muxlislarimizni ham g'alaba bilan xushnud etganimizdan xursandmiz. Har qanday jamoaga muxlislar daldasi muhim. Olmaliqdan kelgan ishqibozlarning olqishi futbolchilarga zavq beradi. 

Darvozabonlar o'rtasidagi raqobat? Yil boshida ko'plab darvozabonlarga imkon berdik. Xatolar yuzaga keldi. Hozirgi kunda Sultonovning holati yaxshi. Umuman bu chiziqda yaxshi raqobat vujudga kelgan. Raqobat bor joyda esa o'sish kuzatiladi. 

Mavsum o'rtasidagiga nisbatan hozirgi jamoa tajovuzkor va jo'shqin ko'rinmoqda? Qisqa fursat ichida jamoani shakllantirish qiyin. Har qanday inson yangi kollektivga kelganidan keyin begona joyga tezda kirishib ketmaydi. Umuman har qanday sohada shunday. Yil boshida juda ko'p xatolar qimmatga tushdi. Oddiy vaziyatlardagi xatolar, darvozabonlardan boshlab, hujumchilarga qadar beqaror ko'ringandi. Umuman futbolda omad degan tushuncha kerak. Bazi vaziyatlarda esa omad kulib boqmadi. 

Yangi jamoani qurish uchun vaqt kerak. Hozirgi paytda futbolchilar yomon harakat qilishmayapti. Umuman futbolni yuqori ishtiyoq bilan o'ynash kerak. Barchaga zavq ulashuvchi o'yindan rohat olishni bilish kerak. O'shanda nimagadir erishish mumkin.

Kubok finalidagi raqib haqida? "Paxtakor" yurtimizdagi eng nomdor va kuchli jamoa. Ular bejizga chempionat yakuniga 7 tur qolganida chempion bo'lishgani yo'q. Qolaversa "Paxtakor"da yuqori malakali futbolchilar yig'ilgan. Garchi raqib kuchli bo'lsada, biz ularga qarshi ko'l ostimdagi futbolchilar bilan tayyorgarlik ko'ramiz. AGMKdagi bazi futbolchilar O'zbekiston kubogi sohibiga aylangan, bazilar esa yo'q. Maydonda o'z kuchimizni sinab ko'ramiz. Lekin hali final haqida o'ylashga erta. CHunki oldimizda yana bir muhim bahs, "Dinamo"ga qarshi Liga Kubogi yarim final bahsi kutmoqda. 

Futbol faqat hujumdan iborat emas. Himoyachilar hujum paytida jamoaga yordam beradi. Hujumchilar ham kerak paytda himoyaga qaytib, mudofaa chizig'i vakillariga ko'mak berishi lozim. Elguja Grigalashvili himoyaga qaytib o'ynayotgani uchun hujum paytida charchab qolmoqda, deb o'ylamayman. Uning jismoniy holati yaxshi. To'g'ri, hujumkor futbolchi qolganlarga nisbatan ochko'zroq bo'lishi lozim. Lekin qaerda nima qilishni bilish kerak. Elguja Grigalashvili bir vaziyatda masuliyatni o'z bo'yniga olishdan ko'ra ochilib turgan jamoadoshlariga to'pni uzatganida, balki hisob yiriklashib ketishi mumkin edi. Elguja Grigalashvili o'ziga qo'yilgan ko'rsatma va talab qilinayotgan vazifalarni yaxshi ado etmoqda. 

Abramovning terma jamoaga bosh murabbiy bo'lgani "Bunyodkor" o'yiniga tasir qildimi? Yo'q, men unday deb o'ylamayman. Tashqaridan hamma narsa oson ko'rinadi. Baribir buni ichkarida his qilgan boshqa. SHu boisdan bu haqida biror narsa deyish mushkul. Abramov boshchiligidagi terma jamoamizga omad tilayman.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика