Abbosbek Fayzullaev yangi jamoasida mashg'ulotlarni boshlab yubordi
31 iyu 08:30
Yangiliklar


Abbosbek Fayzullaev yangi jamoasida mashg'ulotlarni boshlab yubordi
Kecha "Istanbul Bashakshexir" Abbosbek Fayzullaev bilan shartnoma tuzilganini elon qildi.
Klub taqdim etgan suratlarda 21 yoshli yarim himoyachi yangi jamoasida mashg'ulotlarni boshlab yuborgan.
Eslatib o'tamiz, yangi mavsum startidan oldin O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov "Istanbul Bashakshexir"ga ijara asosida o'tgan edi.
Fayzullaev CSKAda o'tkazgan 2 mavsum davomida 72ta bahsda maydonga tushib, 8ta gol urdi va 22ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar