So’nggi yangiliklar

07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  1 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1

Mirjalol Qosimov: "Bo'ldi, Sardorni tinch qo'yinglar, iltimos" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Bo'ldi, Sardorni tinch qo'yinglar, iltimos"

Coca Cola O'zbekison kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan AGMK - "Metallurg" o'yinidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida qatnashdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi. Ekstra taymlar bo'lgani ham bunga isbot. O'yinni yaxshi boshlay olmadik, dastlabki 25 daqiqada o'yinimiz qovushmadi. O'ttizinchi daqiqalardan so'ng o'yinni qo'limizga oldik, topni nazorat qildik. Ikkinchi bo'lim to'liq nazoratimiz ostida o'tdi. Ammo birgina xato qimmatga tushishi mumkin edi. SHunga qaramasdan, yigitlar oxirgi daqiqagacha kurashishdi va kerakli natijalarga erishishdi. Biz muxlislar uchun o'ynaymiz. Barcha muxlislarimizga bizni qo'llab-quvvatlaganliklari uchun rahmat aytaman. Bundan keyin ham bizga muxlislik qilishlarini so'rab qolaman.

- "Metallurg" so'nggi yillarda AGMK uchun juda noqulay raqibga aylandi. Bu "Metallurg" sindromi" bilan bog'liqmi?

- Yo'q, men unday deb o'ylamayman. Menimcha eng ko'p rotaciya qiladigan murabbiy bo'lsam kerak. Tarkibdagi deyarli hammaga imkoniyat berishga harakat qilaman. Bu o'sha bog'lamlar orasidagi kamchiliklar hisobiga yuzaga kelayotgan holat bo'lsa kerak. Lekin oldimizga ikki frontda ham kurashim maqsadini qo'yganmiz. Kubok ham, chempionat ham OCHL yo'llanmalarini taqdim etadi. Oxrigacha harakat qilamiz. 

- Sardor Rahmonov "Metallurg"ga qarshi oxirgi ikki o'yinda qizil kartochka olgandi. Bugun ham sal bo'lmasa yana qizil kartochka olishi mumkin edi. O'sha raqib darvozasi yaqinidagi "podkat"ni nazarda tutyapman...

- O'sha vaziyatda hech qanday qizil kartochka yo'q edi. Sardor shunchaki to'pga kurashdi. Oyoqqa sakraganda bu boshqa gap edi. Evropada ham bunday kurashlar juda ko'p bo'ladi. Futbol o'z-o'zidan kurashni talab qiladi. Bu shashka emas. Kurash bor joyda shunday vaziyatlar bo'lib turadi. Bu yigitlar shu futbol orqali oilasini boqadi. Ularning boshqa kasbi yo'q. Futbolda esa kurashishdan boshqa iloj yo'q. Tasavvur qiling, boksda urish mumkin emas deyishsa. U qanday sport bo'ladi? Bu normal holat. Bundan piar qilish kerak emas. Bo'ldi, Sardorni tinch qo'yinglar, iltimos. O'ynasin, to'pini tepsin, tamom. 

- "Metallurg"ga qarshi ikki o'yinda ham AGMK katta ustunlikka erishgandi. Ammo...

- Sababi, o'sha o'yinlarda biz bir kishi kam bo'lib harakat qilgandik. 10 kishi bo'lib ham yaxshi harakat qilgandik. Bu bo'lib turadigan holat. Lekin avvalgi o'yinlarda imkoniyatlardan foydalana olmagandik. Bugun dastlabki 25 daqiqada yaxshi o'ynay olmadik. Buni tan olish kerak. Bu nafaqat menga, muxlislarga ham yoqmadi.  Bugungi o'yin tarixga aylandi. Endi keyingi o'yin haqida bosh qotirishimiz kerak. 

Reyting: -9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика