So’nggi yangiliklar

02:36Камолиддин Тожиев: "Ўринбоевнинг таклифи бор. Насиб қилса, у кетади"  0 02:31Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги натижа адолатли бўлди"  0 02:04КЖЧ. 7-дақиқадаёқ бир киши кам бўлиб қолган "Реал" "Пачука"га 3 та гол урди  120 00:35Погба янги клуби деярли маълум  2 23:50Элдор Мойлиев: "Вазиятни ўнглаш учун ютмасак бўлмасди"  2 23:31Февзи Давлетов: "Ўйин қизил карточкага қадар давом этди"  2 23:03КЖЧ. "Ювентус" "Видад"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Йилдиздан дубль  6 22:30Ильгиз Танташев клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионатида навбатдаги ўйинга тайинланди  6 22:05Суперлига. "Шўртан" ўз майдонида бир киши кам "Сурхон" устидан иродали ғалабани тантана қилди  7 22:00Суперлига. "Пахтакор" ўз майдонида бир киши кам бўлиб қолган "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  71 20:58"Атлетико"га Парти керакмас  1 20:14Абдуқодир Ҳусановнинг Беларусдаги мураббийи Тошкентда мастер-класс ўтди  3 19:43Асқаров "Турон"ни тарк этди  1 18:51Моуринью АПЛ вингери билан шартнома имзоламоқчи  0 18:25Тожиев билан "Пахтакор" ютқазмаяпти, Сергеев тўхтамаяпти, “Қўқон-1912” эса Тошкентда ғалабани 30 йилдан бери кутяпти  5

Mirjalol Qosimov: "Al Hilol" nomdor jamoa, raqibni hurmat qilamiz, ammo ulardan qo'rqmaymiz" Yangiliklar

Mirjalol Qosimov: "Al Hilol" nomdor jamoa, raqibni hurmat qilamiz, ammo ulardan qo'rqmaymiz"

OCHL "A" guruhi 1-tur doirasidagi "Al Hilol" - AGMK uchrashuvidan oldin tashkillashtirilgan matbuot anjumanida olmaliqliklar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan birgalikda futbolchi Yovan Jokich qatnashdi.

Mirjalol Qosimov: "Avvalambor Assalomu alaykum! Barcha musulmon ahli va yurtdoshlarimizni kirib kelgan muborak Ramazon oyi bilan qutlayman. Hammaga sihat-salomatlik va omad tilayman. Ertaga AGMK jamoasi uchun yangi sahifa ochilmoqda. Jamoamiz ilk bor OCHL guruh bosqichida ishtirok etadi. Maqsad guruhdan chiqish. Guruh bosqichi yakunida to'plangan ochkolarga qarab kim qaysi o'rinni olishini bilib olamiz".

- AGMK Saudiyaga kelishidan avval OCHL pley-off doirasida o'ynadi. Bu holat jamoaning tiklanish jarayoniga qay darajada tasir qiladi?

- Jamoamiz bu erga kelishdan avval muhim va murakkab kechgan o'yinda qatnashdi hamda bu oralig'da yo'l, parvozlar. Qatarga bordik va u erdan Toshkentga qaytib, so'ngra Saudiya Arabistoniga keldik. Lekin bu biz uchun bahona bo'lib qolishi kerak emas. Bu erga yaxshi niyatlar bilan keldik. O'ylaymanki, bu jihat u qadar katta tasir o'tkazmaydi.

- Ramazon oyi futbolchilarga qanchalik tasir ko'rsatadi, deb o'ylaysiz?

- Bu tasir qilmaydi. Orada vaqt bor. O'yinlar iftorlikdan keyin mahalliy vaqt bilan kechki 22:00ga belgilangan. Bu vaqt ichida futbolchilar tiklanib olishadi.

- "Al Hilol" bilan o'yinda jamoangizdan nimani kutyapsiz?

- Har bir murabbiy jamoasidan yaxshi natija kutadi. Bu oson bo'lmasligini bilib turibmiz. "Al Hilol" nomdor jamoa. Raqibni hurmat qilamiz, ammo qo'rqmaymiz. AGMK ushbu musobaqaga yaxshi niyatlar bilan etib keldi. O'ylaymanki, jamoamiz chiroyli o'ynab, g'alabaga intiladi. 

Yovan Jokich: "Ertaga juda ham qiyin o'yin bo'ladi. Biz muhim uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'ramiz. Umid qilamanki, ertangi bahs biz uchun omadli bo'ladi"

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика