So’nggi yangiliklar

11:25Шерзод Қодиров "Динамо"дан кетди?!  0 11:04«Бухоро» «Локомотив» футболчиси билан шартнома тузди  1 10:40Лени Йоро «Арсенал»га қарши учрашувда жароҳат олди  2 10:12«Ювентус» юлдузи Лондонга кўчиб ўтишга яқин  0 09:46Неймар идеал футболчи қандай бўлиши кераклиги ҳақида фикр билдирди  2 09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  6 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  32 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  18 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  11 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  18 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16

Mirabror Usmonov - U endi oramizda yo'q! Yangiliklar

Mirabror Usmonov - U endi oramizda yo'q!

Kuni kecha "O'zbekiston 24" kanalida Mirabror Usmonovning taziyasiga bag'ishlangan 4 daqiqalik reportajni ko'rib shunga amin bo'ldimki, yurt o'zi uchun qadrli farzandidan ayrildi.

SHavkat Mirziyoev to'g'ri gaplarni aytib o'tdi, Mirabror Usmonov O'zbekiston mustaqillikka erishgan ilk paytlarda yurtga juda katta foydasi tekkan insonlardan biri edi. SHuning uchun ham yurtboshi uning xonadonida bo'lib, oilasiga tasalli berdi. 

Odatda biz bir nimani yo'qotganimizdan keyin uning qadriga etamiz. Lekin Mirabror Usmonovni so'nggi kunlarda juda ko'p esladik. U qilgan ishlar, u erishgan natijalar asrga tatisa ajab emas.

2006 yil Zarafshon koncert zali. Sanjar Rizaev bor yo'g'i 5-6 nafar OAV vakillarini tadbirga taklif etgan. Bir necha kun avval O'FFda o'zgarish bo'lgan va unga Mirabror Usmonov rahbar etib tayinlangan. Axbor Imomxo'jaev, Vladimir Safarov, Ulug'bek Mirzaev, Baxtiyor SHirinov, Bahodir Mirzaev, Timur Nizaev, yodimda qolganlar shu kishilar. O'shanda endigina 19 yoshga kirgandim. sport.myp.uz saytining muharriri edim. 

SHu kuni zalga butun futbol olami vakillari yig'ilgan edilar. Mirabror Zufarovich hech kimni urushmadi, hech kimni ishdan olmadi. Bir gapi hamon yodimda, u kishi shunday dedi "keling avval futbolga pul olib kiraylik, keyin natijalar o'zi kelsin. Avval maoshlarni bir ko'rib chiqamiz, keyin natijaga erishamiz". Bu paytda "Paxtakor" va "Neftchi" jamoalarini inobatga olmasangiz, ora-sira "Do'stlik", MXSK klublari chiqib qolar, qolgan jamoalarning moliyaviy holatlari hamingqadar, uy ro'zg'orga etib turardi. Ayrim jamoalar maosh o'rniga poliz mahsulotlari bilan hisob kitob qilib turganliklarini ham eshitib turardik. U paytlar internet endi kirib kelayotgan, TVda bor yo'g'i bitta ko'rsatuv, o'yinlar bitta kamerada bazan ko'rsatib turilardi. Asosan "O'zbekiston futboli", "Futtbol Ekspress" yoki "Inter Futbol" gazetalari axborot manbai bo'lgan davr edi. 

Mirabror Usmonov birinchi bo'lib ishni O'FFga sharoit yaratishdan boshladi. "Paxtakor" stadioni yonidagi, "O'zbekiston Futboli" gazetasi binosi O'FF balansiga o'tdi va o'sha paytdagi FIFA Prezidentining Zepp Blatter tashrifi chog'ida yangi binoning ilk tamal toshi o'rnatildi. Yana bir ahvol bo'lib qolgan "CHig'atoy" bazasida qurilish ishlari boshlandi. Ko'p o'tmay, Mirabror Usmonov O'FFga yangi bino, yosh toifadagi terma jamoalar uchun shinamgina baza bunyod qildi. Bu orada hukumatda tutgan o'rnidan foydalangan holda (hurmati tufayli) barcha viloyatlarda yangidan-yangi stadionlar barpo etila boshladi. Havaskor futzal jamoasida to'p tepib yurgan yagona farzandi Jahongir Usmonov esa ota izidan borib, kichik futbolga katta etibor qarata boshladi va O'zbekistonda futzal taraqqiy eta boshladi.


Mirabror Usmonov O'FFda ish boshlagan ilk davrida Alisher Nikimbaev takidlaganidek, o'z qo'l ostidagi mutaxassislarga ishondi. Arzimagan maoshga ishlaydigan xodimlarning oyligini oshirdi. Bu haqda yangi qurib bitkazilgan O'FFning binosida bo'lib o'tgan ilk majlisni yodga olib o'taman. O'sha kuni Rima opani (Usmonxo'jaeva) turgazdi, "Rimaxon, maoshlaringiz endi qancha bo'ldi? Men O'FFga kelganimda talabalarni maoshi bilan yurishar ekan, xonaga biri kirsa, ikkinchisi chiqib turishi kerak. Mana bugun maosh ham oshdi, yangi binoga ham ko'chdik. Endi stadionlarimizni tuzatib olishimiz kerak", deb Rima opaga so'z berdi. 


2007 yil edi. Ko'p o'tmay yurtimizda stadionlar soni ko'paya boshladi. Respublika bo'ylab infrastruktura takomillasha boshladi. "Paxtakor" va "Neftchi"dagi pul boshqa klublarda ham paydo bo'ldi. Prezidentga yaqinligi bois, Usmonov barcha klublarga davlat tomonidan homiylar biriktira oldi. Natijada "Nasaf" va "Mashal" jamoalari baqquvat homiylarga ega bo'ldilar, keyinchalik ular tomonidan amalga oshirilgan ishlar O'zbekiston o'smirlar va yoshlar terma jamoalarida o'z mevalarini bera boshladi. "Paxtakor" akademiyasi uchun ikkita suniy maydon qurib berildi. Xorazm va Qoraqalpog'iston Respublikalariga ham shunday standartdagi maydonlar tuhfa qilindi. O'FF va CHig'atoy qoshida standart suniy maydon el xizmatiga o'tdi. Barcha-barchasi yaxshi keta boshladi. O'zbekiston yoshlar va o'smirlar terma jamoalari birin ketin JCHlarga chiqdilar. MTJ har safar JCHga yaqinlasha boshladi. O'zbekiston futzal terma jamoasi barchamizni to'lqinlantirgan holda mundial yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Sifatli legionerlarimiz soni oshdi. Futbol klublari ichida jiddiy raqobat boshlandi. O'zbekistonga yulduzlar kela boshladi. Keyin u kishiga Olimpiya qo'mitasi ishonib topshirildi va asosiy ish Sportning boshqa turlarini rivojlantirishga qaratila boshladi. Mana shu erda futbolda biroz uzilish bo'ldi va O'FFdagi ayrim mutaxassislarni debgina Usmonov qattiq tanqid ostida qoldi. Lekin sportda erishayotgan yutuqlarimiz bosh sababchisi Usmonov ekanligini bilmadik. 

Yaqinda Qahramon Aslanov o'z xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Haqiqatdan ham o'shanda "Futbol sharhi" ko'rsatuvida Mirabror Zufarovich tomonidan OAVning ayrim vakillari tanqid qilingan edi. Aslida o'sha ro'yhatda men ham bo'lganman, so'nggi pallaga kelibgina u kishiga kiritishganlar qatoridan tushib qolganman. Aslida Mirabror Usmonovga xato axborot berishgan va buni keyinchalik Sanjar Rizaev u kishiga asl voqeani aytganidan keyin o'sha 4 kishini chaqirgan edilar. SHuhrat SHokirjonov yig'inga kela olmagan. Nima uchundir meni to'rtinchi kishi sifatida chaqirishgan. Suhbat samimiy bo'lgan. JCHga chiqa olmayotganimizni hayotiy misollar bilan ham keltirib berganidan keyin bazi narsalarni tushunib olgan edik. O'sha uchrashuvda ayrim savollarni berganlarida javob berdik, ayrimlariga yo'q. Oradan ko'p o'tmadi, OFK KAFA degan tashkilot poytaxti etib O'zbekistonni tanladi. SHu tadbirga bag'ishlangan matbuot anjumanida bolalar futboliga oid savol bilan murojaat qildim. Mirabror Zufarovich savolni hazilga burdilar, "Sizni maqolalaringizni ko'p o'qiyman, keragini mana bu erimga olib qo'yaman (yuragini ko'rsatib), ortiqchasini chiqarib tashlayman. Sizni men shu tashkilotni matbuot xizmatiga taklif qilaman, puli dollarda bo'ladi" (hamma kulgan). Mirabror Zufarovich kuchli diplomat va jentlemen inson edi. Bu insonni hali beri unutmaymiz, u kishi tomonidan qo'lga kiritgan natijalar sport tarixidan o'rin oldi, jamiyatdagi qilgan ishlarini esa u kishining tanishlaridan eshitganimiz maqul. 


Mirabror aka bir narsani orzu qilar edi. U ham bo'lsa terma jamoa bilan JCHda ishtirok etishni. Xalqaro sport rahbarlari, hukumat vakillari oldida ham hurmati juda kuchli inson bilan bo'lib o'tgan yana bir voqeani eslayman. 2011 yil guruh o'yinlari tugaganidan keyin bir qator muxlislar O'zbekistonga qaytadilar. Iordaniya bilan bo'lib o'tgan o'yinga ularni yana Dohaga kelib qolgilar keladi va hech nima bo'lmagandek Doxa aeraportiga qo'nganlarida, chegarachilar ikkinchi marotaba kelish uchun boshqa viza bilan shaharga kirish kerakligini aytadilar. Bu paytda tungi 00:00dan oshgan. Deport bo'lish arafasida turgan muxlislarni bir amallab saqlab qolish uchun Abdurahmon Fozilov Dohada bo'lib turgan Mirabror Usmonovning xonasini taqillatish uchun o'zida kuch topadi. SHirin uyqusida davom etishi mumkin bo'lgan kishi, OFKning o'sha davrdagi mezbon rahbari Muhammad Bin Hammamga qo'ng'iroq qiladi, tunda va shundan keyin 4 nafar muxlisga Doha eshiklari qayta ochiladi. 


2014 yil Incheondagi Osiyo o'yinlarida ham bir qiziq voqea bo'ldi. O'zbekiston delegaciyasiga biriktirilgan gid (tarjimon, hamroh) o'zining ajoyib o'zbekcha shevasi bilan Mirabror akaga yoqib qolgandi. Bir kun bizni oldimizga kelib, bugun meni rasmiy tushlikka taklif qildilar. Nima deb ularni hayron qoldirishim mumkin dedi. Biz unga, "Assalomu alaykum dodajon, axvollaringiz yaxshimi?" degan jumlani o'rgatdik. Uning tilida bu juda chiroyli yangrardi. SHu gaplarni Zufarovichga aytganida uzoq kulgulariga sabab bo'lgan ekan. 


Incheondagi Osiyo o'yinlari Olimpiadadan oldingi repeticiya edi. Olimpiadadan oldin asosiy qurollar ko'rsatilmagan musobaqa edi. Boksdan bironta oltinni qo'lga kirita olmagan turnirimiz edi. Rio Olimpiadasida ishtirok etishi mumkin, ammo hali licenziya olmagan barcha sportchilarga o'sha davr uchun katta miqdorda stipendiya belgilandi. Murabbiy "dolya"ga qo'shilmasligi uchun, o'sha shogirdi bilan bir xil miqdorda pul ola boshladi. Mana endi sportchilar, sportchiga xos mashg'ulot o'ta boshladi. Qorni to'q, oilasi tinch, kelib turadigan maosh bor. Murabbiy esa puli bor shogirdga emas, istedod egasiga ahamiyat qarata boshladi. Futbolda bo'lgani kabi, qolgan sport turlariga ham homiylar biriktirila boshlandi. O'zbekistonda turli xildagi sport tadbirlari, jahon va Osiyo chempionatlarini o'tishi ananaga aylandi. Delegaciyamiz Rioga ketar ekan, hech kim natijani bunchalik muvaffaqiyatli bo'lishini tushiga ham keltirmagan edi. Mirabror Usmonov tomonidan amalga oshirilgan mehnat samarasi 2018 yil Jakartada bo'lib o'tgan Osiyo o'yinlarida ham o'z so'zini aytdi va biz o'z rekordimizni yangiladik. 


Bir necha yildan beri "Minor" masjidini kim qurgan ekan deb yurgan savolimizga, o'tkan juma kuni javob oldik! Maruza so'nggida domla, birovga bildirmay masjid qurgan inson jannatda saroyga ega bo'ladi deb takidlab o'tdi. Maqolam so'nggida bir yozishim mumkin bo'lgan yagona gap, Joyingiz jannatda bo'lsin, Mirabror doda!

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика