So’nggi yangiliklar

12:50ФИФА рейтингида етакчилик қилаётган Бразилия футзал терма жамоаси ҳақида нималар маълум?  1 12:23Барчанинг иштаҳасини очиб юборган 8.5 та ўрин, биз ёлғиз эмасмиз!  5 12:07Пике Ламин Ямалнинг майдондаги хатти-ҳаракатларини эътироф этди   1 11:40Хоселу: "Карвахаль "Олтин тўп"га лойиқ"  1 11:16Яқин ўтмиш юлдузи Хуан Мата "яшил қитъа"га йўл олди  1 10:55Футзал. Бугун дунёнинг энг кучли термасига қарши баҳс олиб борамиз  7 10:27Футзал. Парагвай терма жамоаси Тошкентга етиб келди  2 09:55Жаҳон чемпиони Роналдунинг жамоадошига айланиши мумкин  14 09:26"Реал Мадрид"нинг яна бир асосий таркиб футболчиси ФИФА кунларида жароҳат олди  7 09:10Миллатлар лигаси. Португалия - Хорватия, Роналду терма жамоа сафидаги 131-голини урди  3 08:58Дахшатли нархлар. "Барселона" мухлисларга футболкаларни тарихдаги энг қиммат нархларда сотмоқда   4 08:30ЖЧ саралаши. Аргентина - Чили, Аргентина ўз уйида йирик ғалаба қозонди, Ди Мария терма жамоа билан хайрлашди  4 08:26Машариповнинг голи, Юсуповнинг қаҳрамонлиги. Ўзбекистон - КХДР учрашувидан ГАЛEРEЯ  3 07:59Роналду: "Португалиянинг Евро-2016даги ғалабаси жаҳон чемпионатидаги ғалабага тенг"  32 07:28Миллат қаҳрамонлари! ФИФАнинг энг кучсиз жамоаси тарихида илк бор расмий учрашувида ғалаба қозонди  8

Minimum va maksimum - Koronavirus effekti "Paxtakor"ga Superligada to'siq, OCHLda esa qo'shimcha imkoniyat bo'lishi mumkin Yangiliklar

Minimum va maksimum - Koronavirus effekti "Paxtakor"ga Superligada to'siq, OCHLda esa qo'shimcha imkoniyat bo'lishi mumkin

Koronavirus pandemiyasi tufayli butun dunyoda yuzaga kelgan favqulodda holat va karantin davri sababli O'zbekiston Superligasi ham nomalum muddatga qoldirilib turibdi.

Xudo xohlasa eng yaxshi vaziyatga umid qilib, tez orada chempionatimiz yana qayta tiklanishiga ishonib qolamiz. Bu fursatda esa keling O'zbekiston Superligasidagi mazkur to'xtalish qaysi jamoalarga qanday tasir qilishi va umuman taxmin qilingan yangi chempionatimizning ehtimoliy kartinasini qanchalik o'zgartirib yuborishi mumkin, degan savolga javob izlab ko'ramiz.

CHempionatimizning dastlabki 3 turi o'tkazildi va unda kutilganidek "Paxtakor" hamda "Nasaf" yo'qotishlarsiz borib, maksimal 9 ochko jamg'argan holda qo'shpeshqadamlik qilishmoqda. "Qo'qon-1912", "Lokomotiv" hamda "Bunyodkor" 6 ochko bilan 3-4-5 o'rinlarni ketma-ketlikda band qilishgan. "Paxtakor" va "Nasaf" qatori mag'lubiyatsiz seriyani taqdim etayotgan AGMK esa aktividagi 5 ochko bilan 6-pog'onada. "Mashal", "Navbahor" va "Metallurg" esa 4 ochko to'plab keyingi 7-8-9 o'rinlarda borishmoqda. Yagona g'alabasi evaziga 3 ochko to'plagan "Surxon" 10, bittadan durang qayd etgan "Andijon" (11), "Qizilqum" (12) va "So'g'diyona" (13) turnir jadvali bir ochko bilan oxirgi qismni egallab turishgan bo'lsa, hali ochko jamg'armagan va gol ham urmagan "Buxoro" oxirgi 14-o'rinda mustahkam qolgan.


Endi sarlavhaga qaytsak, ha, ko'pchilik chempionat boshlanishidan avval va dastlabki 3 tur yakunlari xulosasiga ko'ra, katta ishonch bilan bu yil ham "Paxtakor" chempionlikni hech kimga bermasligini oson taxmin qilgan. Tarkibdagi keng tanlov, ijrochilar mahorati, o'yin hamda klubdagi imkoniyat jihatdan rostan "Paxtakor"ga teng raqobat qiladigan jamoani topish mushkul. SHu boisdan ham chempionat avvalidan chempionlik poygasida qizg'in raqobat va kurashni kutayotgan ishqibozlar soni sanoqli darajada bo'lgandi. Balki hozir ham shunday fikrda bo'lgan muxlislar va mutaxassislar ro'yxati o'zgarmagandir. Lekin koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan katta tanaffus bazi jihatlarni o'rtaga olib chiqmoqda.

Superliga katta ehtimol aprel oyida ham tiklanmaydi va yaxshi holatda may oylarida Xudo xohlasa davom etishiga umid qilamiz. SHunday bo'lsa, taqvimdagi zichliq jamoalarning holati, tayyorgarligi va chempionatdagi balansni ham buzib qo'yish ehtimoli yuqori. To'g'ri, "Paxtakor" shunday sharoitda ham qudratli tarkibi hamda uzun zaxirasi bilan bunday holatdan katta qiyinchiliksiz chiqib ketishi mumkin va yuzaga keladigan taqvimdagi zichlik boshqa jamoalarga ham bevosita tasir ko'rsatadi.

Lekin bir tarafi borki, bu Superligadagi boshqa jamoalar uchun nisbatan osonroq, "Paxtakor"ga qiyin kechishi mumkin. Gap OCHL haqida. Bilasiz, OFK Osiyo chempionlar ligasining 3-4-5-6 turlarini avgust oyidan boshlab o'tkazishini malum qildi. Va katta ehtimol o'yinlar juda qisqa fursatda uchrashuvlar orasi kam muddat bo'lgan vaqtda o'tkaziladi. Bu esa har qanday jamoaga, xususan to'rtta frontda kurashadigan "Paxtakor"ga og'irlik qilishi mumkin.

CHunki ehtimol may oyida tiklanishi mumkin bo'lgan Superliga o'yinlari, O'zbekiston Kubogi va Liga Kubogi uchrashuvlari taqvimi ham tabiiyki yanada zich bo'ladi va o'yinlar orasi maksimal qisqarishi kutilmoqda. "Paxtakor"ni chempionat, kubok o'yinlari hamda OCHLda kamida kafolatlangan 4 o'yin kutmoqda. Jamoa OCHLda guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan taqdirda "Paxtakor"ni keyingi bosqich uchrashuvlari kutadi. Bu esa jamoani jismoniy kuchini yaxshigina sarf etishini talab qilish bilan birgalikda, ruhiy taraflama ham o'yindan-o'yinga ko'chishda zo'riqish taqdim etish ehtimoli yuqori.

Yani "Paxtakor" joriy mavsum barcha frontda maksimal kuchini ishlatishga qiynaladi. Kezi kelganda jamoa fokusni chempionat yoki OCHLga qaratishi va ehtimol ikkalasidan birini tanlashga to'g'ri keladi.


OCHLdagi dastlabki 2 tur xulosasi va qolgan o'yinlar ehtimol Toshkentda o'tishi mumkinligi, jamoaning guruhdagi ishlarini osonlashtiradi. Bu esa "Paxtakor" joriy mavsum haqiqatdan ham OCHLda yuksakroq vazifani uddalashga chinakamiga urinib ko'rishi lozimligini anglatadi. CHunki bunday holat nafaqat bizning chempionatda, balki boshqa qolgan ligalarda ham ruy bermoqda va Osiyo grandlari ham endilikda yoki chempionat yo OCHLdan birini tanlashlariga to'g'ri keladi. CHunki barcha jamoalar taqvimdagi zichlik evaziga zo'riqishga uchrashi mumkin. "Paxtakor" esa OCHLdagi asosiy missiyasini joriy yil, ayni payt maksimal ishga solishga urinib ko'rishi foydadan xoli bo'lmaydi.

Bunday ehtimoliy scenariyda esa jamoa ichki chempionatda barqaror o'yin ko'rsatishi mushkul. Fors-major evaziga yuzaga kelgan zich taqvim ichida to'rtta frontda kurashish teng kuchli ikkita tarkibga ega jamoa uchun ham oson bo'lmasligi aniq.

Bundan esa Superliga ham manfaatdor bo'lishi mumkin. Qaysi manoda? Yani, ichki chempionatda yuzaga keladigan raqobat tufayli chempionlik uchun kurash "Paxtakor"ning zo'riqishi evaziga kuchayadi va Superligada boshqa jamoa shohsupaga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. "Paxtakor" esa asosiy kuchni OCHLga qaratgan holda o'zbek futbolida oxirgi yillarda kuzgi faslda etishmagan OCHL havosi va ehtimol ko'p yillar kutilgan lahzalarni taqdim etishga bel bog'lagani durustroq.

To'g'ri, mazkur scenariy asosan fantaziya va nisbatan bo'lishi mumkin bo'lgan ehtimoliy holatlarni hisobga olinib yozildi. Lekin bunday scenariydan aslo o'zbek futboli yutqazmaydi. "Paxtakor" uchun OCHLdagi muvaffaqiyat ichki chempionatdagi chempionlikdan qimmatliroq va qadrli bo'ladi.

Lekin rostan ham real qaraydigan bo'lsak, "Paxtakor" yoki OCHLda kamida uzoqqa borishni yo ichki chempionatda yana titul sohibiga aylanishdan birini tanlashiga to'g'ri keladi. Fors-major tufayli yuzaga keladigan zich taqvimda "Paxtakor" qiynalishi aniq.

Koronavirus pandemiyasi minimum "Paxtakor"ni Superliga chempionligi poygasida imkoniyatlarini pasaytirish effektini taqdim etgan bo'lsa, maksimum "sherlar"ni OCHLda shohsupaga chiqarishda ham rol o'ynashi mumkin.



Qaysi jamoalar "Paxtakor"ga to'siq bo'lishi mumkin?

Birinchi vaziyatda Superligada chempionatni barqaror o'tkazadigan va zaxirasi uzun jamoa topilishi kerak bo'ladi. "Navbahor"ning maqsadlari yuksak, lekin jamoa dastlabki 3 turda keragidan ko'p ochko yo'qotgani hamda namanganliklar asosan uyda zo'r o'ynab, mehmondagi beqarorlik pand berishi mumkin. "Nasaf"da hozircha hammasi yaxshi. Tarkib o'tgan yilgiga nisbatan kuchaytarildi. Darvoza chizig'idan boshqa barcha poziciyalarga tajribali futbolchilar jalb etildi. Yo'qotishlar o'rni nafaqat to'ldirildi, balki kuchaytirildi. Yuqori vazifalarni uddalashga qodir yana bir jamoa AGMK. Yaxshi olib borilgan selekciya va o'tgan yilgi jamoa o'zagi saqlanib qolingani joriy mavsum olmaliqliklar katta maqsadli yurishga qodirligini anglatadi. Zaxira uzunligi va jamoada raqobat qizg'inligi AGMK manfaatiga xizmat qilishi mumkin. Garchi tarkib jihatdan katta yo'qotishlarga yuz tutgan va o'rni nisbatan qariya, lekin mahoratli futbolchilarga qayta qurilgan "Loko"ga aynan tajriba as qotishi mumkin. "Bunyodkor" tarkib jihatdan yo'qotishlardan ko'ra kuchayishga erishdi. Demak hozirgi holatda "Bunyodkor"dan natija kutishga asoslar etarli. Aynan mazkur sanalgan jamoalar "Paxtakor"ni joriy mavsum Superliga shohsupasidan tushirishga urinib ko'rishadi.

Eng asosiy faktor sifatida birinchi galda jismoniy taraflama jamoalarning chidamliligi, zaxira uzunligi, o'yindagi barqarorlik. Aynan mana shu uchta omilni jamlay oladigan jamoa ehtimol "Paxtakor"ni zich taqvimdagi qiyin sharoitda qiynab qo'yishi mumkin. Nima bo'lgan taqdirda ham "Paxtakor" chempionlik uchun favorit, lekin endi yaqqol favorit emas. CHunki uning raqobatchilarida ishtaha ochilishi uchun sharoit tug'ilmoqda.



P.S. Taqvim bo'yicha mart oyida o'tishi kerak bo'lgan 4-tur, apreldagi to'rtta (5,6,7,8) tur va Liga Kubogi o'yinlari hozircha kelasi oylardagi taqvimda zichlik paydo qilsa, "Paxtakor"ga qo'shimcha OCHL o'yinlari zaxirasi ko'paymoqda. Hozircha taqvimda jamoalar qo'shimcha 5 tur va kubok doirasidagi ikkita bosqichni zaxiraga olishadi. Jami 7 o'yin, "Paxtakor" uchun esa 11 uchrashuv degani.

Muallif :
Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика