So’nggi yangiliklar

22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  0 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  0 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  1 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  1 21:00Суперлига. "Хоразм" 15 йилдан сўнг уйига қайтган оқшомда "Қизилқум"га мағлуб бўлди  20 20:37Артём Петросян: "Ўйинни якка курашларда ютқазганимиз учун бой бердик"  1 20:08Шавкат Юсупов: "Локомотив"да Суперлига савиясидаги ўйинчилар йиғилган"  1 20:00Про лига. "Локомотив" "ФарДУ" майдонида ишончли ғалабага эришди, "Жайхун" "Олимпик" дарвозасига 3 та тўп киритди  1 19:46Мирко Еличич: "ФарДУ" курашувчан ва доим босим уюштирадиган жамоалар сирасига киради"  0 19:26Шавкат Мирзиёев Юқори Чирчиқ туманида барпо этилган Миллий футбол маркази билан танишди  5 19:08Кроос: "Нойер – барча даврларнинг энг яхши дарвозабони"  10 18:25Манба: Шаҳбоз Умаровнинг янги жамоаси маълум  5 17:57Беллингем Мадридда ўзи ва онасига уй олиш учун 32 млн евро сарфлади  6 17:26Нкунку "Бавария"га ўтиш арафасида  0

Milosh Trifunovich: O'zbekistondan qolgan esdaliklar ko'p Yangiliklar

Milosh Trifunovich: O'zbekistondan qolgan esdaliklar ko'p

2011 yilgi O'zbekiston chempionati to'purari, “Bunyodkor”ning sobiq azosi Milosh Trifunovichni yurtimizda yaxshi eslashadi.
U “qaldirg'ochlar” safida jami 36ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblari darvozasini 22 bor aniq nishonga olishni uddalagandi. Ayni paytda Xitoy superligasining “Lyaonin Xuvin” klubi sharafini himoya qilayotgan Trifunovich “Bunyodkor” jamoasida o'tkazgan damlarini xotirladi.

- Milosh, O'zbekistonda o'tkazgan davringizni faoliyatingizdagi eng yorqin mavsum desa bo'ladimi?
- “Bunyodkor”da juda ajoyib kunlarni boshdan kechirdim. Umuman futbolchilik faoliyatimdagi eng sermahsul yil ham aynan O'zbekistonda o'tdi. SHu boisdan ham “Bunyodkor” futbol klubi men uchun qadrli bo'lib, xotiramda abadiy saqlangan.

- “Bunyodkor”ni tark etib, Xitoyda o'ynayotgangizga ham ikki yil bo'ldi. U paytda yurtimizda serbiyalik futbolchilar ko'pchilikni tashkil etishardi. Hozir esa unday emas. Aytingchi, yurtimizdagi futbolchilardan kimlar bilan aloqani saqlab qolgansiz?
- Ochig'ini aytsam, 2012 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi paytida “Bunyodkor”ga ishqibozlik qildim. Jamoa yarim finalga etib borgan pallada o'zimga o'zim Xitoy klubiga o'tib xato qildimmikan, deb savollar ham bera boshladim. O'sha kezlarda “Bunyodkor” futbolchilari bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali xabarlashib turardik. Hozir esa deyarli hech kim bilan gaplashmay qo'yganman.

- Hali ham gollaringizni “sovuq” ko'rinishda nishonlayapsizmi?
- Rostini aytsam, odatiy uchrashuvlarda gol ursam xursandchiligimni sezdirmayman. Lekin o'sha uchrashuvning ahamiyati baland bo'lsa yoki golimni nishonlash uchun qandaydir sabab topilsa albatta ko'rinishim o'zgaradi. Xitoyda ham shunga o'xshash savollarni ko'p berishadi.

- Yangi barpo etilgan, mamlakatimizdagi eng ulkan arena bo'lmish “Bunyodkor” stadioni haqida eshitdingizmi?
- Ha, stadion malumotlari va suratlari bilan internetda tanishib chiqdim. SHaxsan menga yoqdi. Juda ajoyib arena! Umid qilamanki, keyinchalik ushbu stadionda to'p tepish baxtiga muyassar bo'laman.

- Siz bilan yurtimizda ro'y bergan biron-bir qiziq voqelikni eslay olasizmi?

- Men uchun yurtingizdan qolgan muhim esdalik bu – “Bunyodkor” bilan chempionlikka erishganim va O'zbekistonning eng yaxshi to'purari bo'lganimdir. Ishoning, hamma futbolchida ham bunaqangi omadli mavsum bo'lavermaydi.

- “Bunyodkor”dan yana taklif tushsa rozi bo'larmidingiz?
- Ha, albatta.

Bahodir MIRZAEV suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика