Millatlar ligasi finalida Benzemaning kiritgan goli turnirda eng yaxshisi deb topildi
13 okt 2021 19:31
Yangiliklar
Millatlar ligasi finalida Benzemaning kiritgan goli turnirda eng yaxshisi deb topildi
Franciya terma jamoasi hujumchisi Karim Benzema Millatlar ligasida eng chiroyli gol muallifi deb tan olindi.
33 yoshli hujumchining Ispaniyaga qarshi final uchrashuvida (2:1) urgan goli eng yaxshi deb topildi.
Benzema 66-daqiqada jarima maydonchasi tashqarisidan tepgan to'pi bilan hisobni tenglashtirdi, francuzlarga g'alaba taqdim etgan golni esa 80-daqiqada Kilian Mbappe kiritdi.
Fikrlar