So’nggi yangiliklar

09:17УEФА Чемпионлар Лигасининг янги мавсумида “Барселона“ни очколардан маҳрум қилиши мумкин  1 08:50Goal «Олтин тўп»ни ютишга даъвогарлар рейтингини янгилади. ПСЖнинг уч нафар футболчиси ТОП-10 га илк бор киришди  7 08:23“Реал Мадрид“ яна бир трансфер бўйича ишни якунлади  8 07:56Бугун Ўзбекистон ОТЖ Францияга қарши баҳс олиб боради  6 07:23БАА Спорт вазирлиги "Ҳаммамиз оқлар тарафидамиз" кампаниясини ўтказмоқда: Спорт федерацияларига бепул чипталар тарқатиляпти  25 00:44Сон Хён Мин "Тоттенхэм"ни тарк этиши ва Саудия клубига ўтиши мумкин?!  1 00:19Лука Модрич янги клуби билан қачон шартнома имзолайди?  1 23:44"Тоттенхэм" янги уй либосини тақдим этди  2 22:42Инзаги "Ал Ҳилол"да қанча маош олади?  2 22:07ПСЖ украиналик футболчини ўз сафига қўшиб олмоқчи, аммо...  0 21:32"Ал Ҳилол"га ўтишга рози бўлмаган Тео Эрнандес испан гранди сафига ўтиши мумкин  4 21:05Инзагининг ўрнига "Интер"га ким бош мураббий бўлади?  4 20:41Инзаги "Интер"ни тарк этди, унинг янги клуби ҳам маълум  9 20:15"Челси" А Сериядаги дарвозабон бўйича ишни бошлади  4 19:39Пенальтидаги “иккинчи тегиниш” қоидасига ўзгартиш киритилди   16

"Milan"ning favqulodda porlashi va aldangan Beg'amov haqida Yangiliklar

"Milan"ning favqulodda porlashi va aldangan Beg'amov haqida

Milodiy yil hisobining Grigoriy taqvimi bo'yicha 2020-yili ortda qolmoqda.

Umrimizdan yana bir yil yo'qotdik. Kimlar 366 kundan unumli foydalanib qolgan bo'lsa, kimlar (men kabi) o'zini tanqid qilish bilan ovora. Ortda qolgan kunlar futbol olamida o'ziga xos voqeliklarga boy bo'ldi. Ular orasidan etiborimni tortganlari bilan quyida o'rtoqlashmoqchiman. Bu qanaqadir reyting emas, shaxsiy fikrlar.

Armonga aylangan Olimpiada

Yigitlarimiz joriy yilning 8-26 yanvar kunlari Tailandda bo'lib o'tgan 23 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempinatini 4-o'rinda yakunlashdi. Yana olimpiadaga haqlidek ko'ringan jamoamiz yurtga boshi egik holda qaytdi...

"Milan"ning favqulodda porlashi

Nihoyat, "rossonerilar" shonli tarixini eslab qoldi. Evrofutboldagi eng kutilmagan voqea ham shu bo'ldi. "Qizil-qoralar" statistika bo'yicha 2020 yilni Evropada uchinchi, Italiyada birinchi pog'onada yakunladi. Ortda qolgan yil "Milan" muxlislariga "Liverpul" ishqibozlaridan-da quvonarliroq bo'ldi.

Pro liga o'yinlarining translyaciyasi

15 sentyabr kuni O'zbekiston Professional futbol ligasi hamda "UZREPORT TV" o'rtasida Pro liga musobaqasining media va tijorat huquqlari bo'yicha shartnoma imzolandi. Mazkur shartnoma 2024 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. Ushbu yangilik muxlislar uchun quvonarli bo'ldi va futbol sifatiga tair ko'rsatmay qolmadi.

Bundan tashqari, O'zPFL klublarning uzoq yillik layoqatsizligiga chek qo'yib, futbolchilar va murabbiylarni sug'urtalash masalasida oldinga katta qadam tashlagan bo'lsa, O'FA yil yakunida mamlakat futbolini tozalash masalasida katta ishni boshlab qo'ydi. Og'ir pandemiya sharoitiga qaramay, futbol mavsumi yuqori nuqtada yakun topdi.

Maradonaning vafoti

2020 yilda ko'plab sohalar haqiqiy darg'alaridan ayrildi. Ularning orasida, balki, eng buyugi Diego Armando Maradonadir. Ochig'i, marhum futbolchi haqida tasavvurlarim tamoman yanglish ekan (XXI asr farzandlarida boshqacha bo'lishi mumkin emas). Maradona shaxsiyatida yomon insonda bo'lishi mumkin barcha illatlar mujassamdek ko'rinar, uni Messidan ustun qo'yishlariga tushuna olmas edim. 25 noyabr oqshomida elon qilingan xunuk xabardan keyin butun dunyo matbuoti tinmay Diego haqida yoza boshladi. Bir inson shaxsiyatiga nisbatan bunday ko'lamdagi ommaviy munosabatga ilk bor guvoh bo'ldim, hayron qoldim. Keyin yana bir bor argentinalik dahoning umr yo'llari bilan qiziqqan bo'ldim. Birozdan keyin boshqa bir afsona — Paolo Rossi ham vafot etdi. Har 2 voqeaga bo'lgan munosabatni o'zaro solishtirib, Maradonaning darajasi boshqaligini tushundim.

Kashfiyot

SHubhasiz, o'tgan mavsum kashfiyoti Erling Xoland bo'ldi. Yaqinda 20 yoshga to'lgan futbolchi allaqachon o'nlab rekordlarni yangilab tashladi (Ronaldoning CHempionlar Ligasidagi natijasini 19 yoshida yangilagani diqqatga sazovor). Norvegiyalik forvardning eng katta yutug'i skandinavlarga xos sovuqqonligi hisoblanadi. O'ydashimcha, Erling yaqin kelajakning eng yorqin yulduzi bo'lishi kerak. Xolandning bosiqligi, yulduzlik kasaliga chalinish ehtimolining pastligi uni Kilian Mbappedan kuchliroq qilishiga ishonaman. Etibor qiling, 2020 yilda Dortmuning "Borussiya" klubi tarkibida 32 o'yin o'tkazgan vunderkind 33 gol, 6 assist qayd etdi.

Omadsiz insayd

Yil davomi ko'plab "qovunlar tushirildi", siyosatchilarnikini to'plab, katta "xirmon" qilsa bo'ladi. Futbol ichida va atrofida ham turli qiziq voqealar sodir bo'ldi. Ulardan biri sizga yaxshi tanish bo'lgan SHahboz Beg'amov bilan bog'liq. U shaxsiy blogida 4 iyun kuni Usmon Toshevning O'zbekiston terma jamoasi boshqaruviga kelishi MUMKINligi haqida yozdi. Postda malumot aniq emas, deyilgan bo'lsa-da, hammamiz Beg'amovga tashlandik, o'sha xabarni kulgiga oldik. O'ylab qarasak, dunyoning eng mashhur insayderlari bir yilda yuzlab xabarlar chiqarishadi, 50 foizi omadsizlikka uchraydi: bazan muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugasa, bazida tomonlar fikridan qaytishi mumkin. Ammo ularning barchasi feyk xabar hisoblanmaydi. 95% insaydlari muvaffaqiyatli chiqib kelgan Beg'amov esa bir dona omadsiz xabar uchun yolg'onchiga chiqarildi. 

Eng qizig'i, o'sha malumotni Toshevning o'zi ham inkor qilolmagan, shu masala bir piyola choy ustida muhokama qilingani aniq ekan. Usmon Toshevning o'zi rad qilmagan malumotga Beg'amov aldanib qolgan. Mayli, hammasi o'z yo'liga, lekin o'sha xabar karantin kunlarida bir necha kun bo'lsa ham, muxlislarga ko'tarinki kayfiyat ulashdi (SHahboz Beg'amov esa shaxsiy blogini o'chirib tashladi).

Nega o'sha voqeani esladik? SHaba aka 2021 yilda yana bir katta ishni boshlash arafasida turibdi. Barchamiz qadrli Beg'amovning oilaviy hayotiga baxt tilab qolamiz. Baribir katta ishlarni boshlashga shoshilmagan maqul:) Ajoyib transferlar va terma jamoa to'g'risida vada qilingan yangi insaydlarni kutib qolamiz. Oxiri baxayr bo'lsin.

Muallifning boshqa maqolalarini o'qish 

Muallif :
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика