"Milan" Sanshesh borasida muzokaralar olib bormoqda
05 jan 2022 11:01
Yangiliklar
"Milan" Sanshesh borasida muzokaralar olib bormoqda
"Lill" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.
24 yoshli portugaliyalik futbolchi borasida muzokaralar olib borilmoqda.
Oldinroq Sansheshga "Arsenal" tomonidan ham qiziqish borligi aytilgan edi. Transfermarkt o'yinchini 30 million evroga baholamoqda.
Sanshesh joriy mavsum barcha musobaqalarda 17ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi. Amaldagi shartnoma 2023 yilga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar