So’nggi yangiliklar

16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  1 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  0 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  14 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  1 14:50"Барселона" 19 ёшли ҳужумчиси учун "Ал Ҳилол"дан 40 млн. евро сўраяпти  1 13:55Тен Хаг: "МЮ исталган жамоани ютишга қодир"  3 13:20Мурод Тошматов эркин агентга айланди  2 12:45"Сити" ёзда трансферлар амалга оширадими? Пеп жавоб берди  1 12:25Жароҳати сабабли илк ўйинда қайдномага киритилмаган мисрлик футболчи Ўзбекистонга қарши майдонга тушишга тайёр  2 12:07МЮ стандарт вазиятлар учун мураббий сотиб олди  0 12:01"Металлург" аъзоси Мирғиёс Сулаймонов эркин агентга айланди  3 11:50Ўтган йили Тошкентга келган Миср Олимпия термасининг неча нафар футболчиси Париждаги мусобақада иштирок этмоқда?  12 11:34"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Абдураҳмон Исломов  0 11:30Миср олимпия терма жамоаси ҳақида нималарни билишимиз керак ёхуд "Фараон" юрти вакиллари билан танишамиз  7 11:00«Реал Мадрид» келаси ёзда яна бир юлдуз футболчини текинга сотиб олади  8

“Milan” qay tariqa daromad qiladi? Yangiliklar

“Milan” qay tariqa daromad qiladi?

Teglar :  MilanDaromad
Oxirgi yillarda ijobiy natijalarni qayd eta olmayotgan “Milan” ayni paytda “A” seriyada turnir jadvalining yuqorisidan o'rin olib turibdi. Klubni xitoylik sarmoyadorlarga sotish ishlari dekabr oyi boshida tugatilishi malum qilingan.

Rossiyalik “Sport turlarida menejment” fakulteti talabalar klub ofisiga tashrif buyurib, uning boshlig'i Marko Amato bilan uchrashishdi. Unda “Milan”ning qanday qilib pul ishlab topishi va boshqa jihatlar xususida berilgan savollarga javob berildi.

- So'nggi yillarda “Milan” yuqori sport natijalarini ko'rsatmayapti. Bu klubning daromadlariga qanchalik jiddiy tasir qilmoqda?
– Sport natijalari juda muhim, buni tan olish lozim. Yangi ishqibozlarni jalb qilish, yangi homiylarga ega bo'lishda doimo sovrinlarga qo'lga kiritadigan klublarning ishi yaxshiroq ko'rinish oladi. Biz esa 2011 yildan beri chempionatda yutmadik. Albatta, bu pul ishlab topishga tasir qildi.
Masalan, joriy mavsumda abonementlarni sotishda katta muammoga duch keldik. 2015 yilga nisbatan ikki baravar past ko'rsatkich qayd etdik. O'shanda 27 ming sotgandik. Bu yil esa 13 ming atrofida abonement sota oldik.

- Bu vaziyatni tuzatish uchun qandaydir harakat qilyapsizmi? Odatiy bo'lmagan marketing yo'nalishlari orqali, aytaylik?
– Qo'shimcha daromad olish uchun doimiy izlanishdamiz. Hozir klubning media yo'nalishi bilan shug'ullanadigan maxsus guruhni shakllantiryapmiz – video, raqamli tasvirlar va hokazo. Bu malumotlar klub azolari uchun ochiq bo'ladi. Yani, azolik badalini to'lagan ishqibozlar uchun. Ehtimol, bu klubga azo bo'lishda odamlarga qo'shimcha ishtiyoq beradi.


Boshqa tomondan uzoq yillar mobaynida muxlislarni katta g'alabalarga o'rgatib qo'ygan bo'lsangiz va ular jamoani jahondagi eng yaxshilaridan biri deb hisoblasa, keyin siz biz singari bir necha yil yaxshi natija qayd eta olmasangiz, bunda marketing yordam berishi dargumon.
Bunday holatlarda marketing bilan bog'liq turli yo'llar ishqibozlarda faqat g'azablanish hissini keltirib chiqaradi. Ular mantiqsiz narsa bilan ovora bo'lguncha yaxshiroq futbolchini sotib olish kerakligini maslahat berishadi. Aslida shunday holat ro'y beradi. “Milan” muxlislari misolida buni sizlarga aytyapman.

- Klubning hozirgi paytdagi byudjeti qancha?
– Ayni holatdagisini aytmayman. Lekin yaqinroqdagi mavsum, 2013/14 yilgisini aytadigan bo'lsam, u deyarli 2004 yildan beri o'zgarishsiz qolgandi. Bu davrda byudjet o'smadi, 250 million evro atrofida bo'ldi. 10 yil avval o'sha pullar bilan raqobatga dosh beradigan jamoa sanalardik. Ko'plab narsalarni uddalardik va yuqori pog'onalarda yurardik. 2013/14 yilgi mavsumda esa biz 8-o'rinni egallab, 16 yil mobaynida ilk marta Evrokuboklarsiz qolib ketgandik.
Bozor narxi o'smoqda, raqiblar imkoniyati oshib bormoqda. Biz esa ular ortidan ulgurmayapmiz. 10 yil oldingi davr bilan taqqoslaganda yana moliyaviy shartlar ham paydo bo'lgan. Biz deganda faqat “Milan” va uning yo'qotishlari, uzoq vaqtdan buyon hech narsa yuta olmaganini nazarda tutmayapman. Fikrimcha, zamonaviy talablarga “A” seriya juda yomon moslashgan. Bazi istisnolarni hisobga olmaganda.

- SHu bilan birga televizion shartnoma bo'yicha Italiya faqat Angliyadan ortda xolos.
– Ha, bu raqamlar ko'p narsani bildiradi. Hozirgi shartnoma bo'yicha uch mavsum uchun 1 milliard 70 million evro. Lekin inglizlardan katta farq bilan orqadamiz. Bu muddat ichida ular deyarli uch milliard olishardi. O'tgan yili tuzilgan shartnomadan so'ng miqdor 5 milliarddan oshib ketdi. Biroq hozir televizion pullar haqida gapirmadim. Bu borada bizda ishlar ancha-muncha joyida.

- Nima xususida?
– Birinchi navbatda stadionlar haqida aytdim. Gap shundaki, “A” seriyada xususiy stadioniga ega klublar deyarli yo'q. Stadion qurib, erini 99 yilga ijaraga olgan “Yuventus” va “Udineze” bor xolos. Ularni bemalol o'z stadioniga ega deb hisoblash mumkin.

Qolgan klublar stadionlarni mahalliy hokimiyatdan ijaraga oladi. Tabiiyki, ular stadiondan o'z xohishiga ko'ra foydalana olmaydi. Arenalarning ko'pi eskirgan, ular zamonaviy stadion talablariga umuman javob bermaydi. Ular qulay emas, xavfsizlik yomon darajada, unda yaxshi sotuvni yo'lga qo'yish qiyin. Talabga mos egulik, shou, muxlislar bilan ishlash, ayniqsa VIP toifasidagi insonlarga qulayliklar yaratish juda qiyin vazifa sanaladi.

O'z-o'zidan bu tomoshabinlar tashrifi bo'yicha muammoni yuzaga keltiradi. Evropaning top chempionatlari haqida gapirsak, “A” seriya bu borada autsayder. Muxlislar tashrifi borasida biz faqat Germaniya va Angliya emas, balki Franciyaga ham imkoniyatni boy beryapmiz. “Milan” ham bundan mustasno emas. Biz stadionimizni ijaraga olamiz. Buning uchun mavsumda taxminan 2 million evro miqdorida pul sarflaymiz. Yana stadionni boshqa klub bilan bo'lishib olganmiz.


- “Milan” uzoq vaqt davomida yangi stadion qurish haqida bosh qotirdi va o'tgan yili uning loyihasini taqdim qildi. Hozir u qanday holatda?
– Hech qanday. Hozir u muzlatib qo'yilgan deb aytish mumkin. Xitoylik yangi xo'jayinlar bilan klubni sotish bo'yicha kelishuv yakunlanmas ekan, bu yo'nalishda biror harakat bo'lmaydi. Bu qonun bilan taqiqlangan. Kelishuv dekabr oyida boshida yakunlanishi kerak.

SHu sababli hozircha loyiha mavjudligi, uni Angliyaning “Arup” kompaniyasi ishlab chiqqanini ayta olaman: u tanishtirilgan paytda arena 50 ming ishqibozni sig'dira olishi, “Milan” shtab-kvartirasi va “San-Siro”dan uzoq bo'lmagan Portello tumanida qurilishi rejalashtirilgandi. U juda katta majmua bo'ladi: stadiondan tashqari mehmonxona, ko'plab magazinlar, restoranlar, xiyobon bo'lishi mo'ljallangan. Lekin hozir loyiha kelajagi aniq emas. O'z stadionimiz bo'lishi biz uchun juda muhim, lekin ko'p narsa yangi xo'jayinlarga bog'liq.

- Yangi stadion sig'imi 50 ming bo'lishi borasida qanday hal etdingiz? Misol uchun, CHempionlar ligasi finali mezbonligi uchun bu etarli bo'lmaydi.
– Klub uning stadionida CHempionlar ligasi finali o'tishidan qanday foydaga ega bo'ladi, ayta olasizmi? Unchalik ko'p emas. Stadionning tijoriy nomlanishi final vaqtida ishlatilmaydi, klub reklamalari taqiqlangan. Stadion finalga tayyorgarlik va o'yin kuni UEFA tasarrufiga o'tadi. Uchrashuvni stadiondan yoki televizor orqali tomosha qilayotgan odamlar arenaning qaysi klubga tegishli ekani haqida o'ylab o'tirishmaydi. Bahsning qaerda o'tayotgani ham muhim emas. Masalan, bu yil CHempionlar ligasi finalida “Real” va “Atletiko” o'ynaganda biz unda hech qanday ishtirok etmadik. “San-Siro”ning barcha xonalari kalitlarini UEFA vakillariga topshirdik hamda o'zimiz deyarli tatilga chiqib ketdik.

- Hozir o'yinlaringizga qancha ishqiboz kelmoqda?
– Joriy mavsum to'g'risida gapirib o'tirmayman. Lekin abonementlar sotuvi bo'yicha takidlab o'tganim tashrifga salbiy tasir ko'rsatmoqda. 2013/14 yilgi mavsumda o'rtacha 39 mingdan muxlis uchrashuvlarga kelgan. Bir yil keyin ko'rsatkich 43 mingga ko'tarildi. Agar buni Italiyadagi o'rtacha ko'rsatkich sanalgan 22 mingga taqqoslasak, juda yaxshidek ko'rinadi.

“Milan”ning o'rtacha tashrifi boshqa top-klublar bilan bir xil saviyada – “Yuventus”, “Inter”, “Roma”, “Lacio”, “Napoli”. Lekin takrorlayman, “Yuventus”ning stadioni o'ziniki va ularda hamisha chiptalar sotib tugatiladi, 41 ming ishqiboz o'yinlarga keladi. 70 minglik arenada 41 ming muxlis esa biz uchun yarmi bo'sh tribunalar degani.

“San-Siro”da hozir anshlag kamdan-kam ro'y beradi. SHunga yaqinroq vaziyatni men yuqorida aytib o'tgan jamoalarga qarshi uchrashuvlarda kuzatamiz. Boshqa bellashuvlarda bunga yaqin ham kelinmaydi. Grand bo'lmagan jamoalarga qarshi bellashuvlarda ishqibozlarni jalb qilish uchun harakat qilamiz, chiptalarni maxsus paketlar asosida sotamiz. “Roma” bilan uchrashuvga kirish uchun “Kalyari” va “Kevo”ga qarshi chiptalarni bir paketda xarid qilish mumkin. Aytishim kerak, bu holat baribir tashrifga juda katta tasir ko'rsatmaydi.

Mavzuni tugatishda aytadigan bo'lsam, anglash yuzaga kelishi uchun bizga yangi stadion kerak. Hozirgidek katta emas, ammo zamonaviy. Uning shaxsiy stadionimiz bo'lishi juda muhim. Stadiondagi muzey faqat bizga tegishli bo'lishi lozim, magazin ham aynan “Milan”niki bo'lishi shart. Ikki klubniki qo'shilgan holda bo'lishi darkor emas. Yana yangi g'alabalar ham kerak. Bu haqida gapirib o'tdik.


- Qanday o'ylaysiz, “Milan” xitoylik xo'jayinlar uchun nimasi bilan qiziq tuyulgan?
– O'ylashimcha, bu yaqqol ko'rinib turibdi. Biz Italiyaning jahondagi eng mashhur klubimiz. Berluskoni “Milan”ni boshqargan 30 yil davomida chempionat, CHempionlar ligasidagi muvaffaqiyatlar, bu davrda bizda o'ynagan yulduz futbolchilar o'z ishini qilgan. Bu holat oxirgi yillarda ham kuzatildi. SHuncha salbiy natijalarga qaramay, Italiyadan tashqarida muxlislarimiz soni 10 foizga o'sgan.

O'tkazilgan tadqiqotlarda “Milan”ni 387 million nafar aholi kuzatib boradi. Ular uchun klubimiz qaysidir darajada qiziq. Ulardan 234 millioni yoki 63 foizi Osiyo qitasida istiqomat qiladi. Evropada bizning tarafdorlarimiz soni ancha kam – 68 million atrofida.

Ikkinchi vaziyat – bu hamkorlar va homiylarimizga bog'liq jihat. Muxlislar o'rtasida so'rov o'tkazdik. Ulardan 48 foizi kompaniyalar brendiga ijobiy munosabatda. 47 foizi esa neytral holatda va faqat 6 foiz ishqibozlar bunga salbiy munosabat bildirishdi.

Nihoyat, oxirgi jihat – “Milan” media olamida ajoyib ko'rsatkichlarga ega. Rasmiy saytimiz yiliga 25 million o'quvchiga ega. “YouTube”da roliklarimizni tomosha qilganlar soni 300 milliondan oshib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda 38 million obunachiga egamiz. Bu jahonga mashhur bo'lgan italyan brendlari “Ferrrari”, “Prado”, “Dolce & Gabbana”ning ko'rsatkichlaridan yaxshiroq.

Savolingizga javobim bizning bo'lajak xo'jayinlar biznes bilan mashg'ul va ular “Milan”ni sotib olib, jahonga mashhurlik, biznesni rivojlantirishda ajoyib imkonga ega bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritishadi. Bizning klubga qiziqqan insonlar yordamida qo'shimcha auditoriya etiborini qozonishadi. “Milan” bilan birga ular bularni ham xarid qilishadi.

- Berluskoni klubni sotgandan keyin ham “Milan”da qolish ehtimoli bormi? Aytaylik, faxriy prezident sifatida.
– Bu savolga javob berish qiyin. Hozircha voqealar rivoji bunday bo'lishi mumkinligini ko'rsatmayapti. Ishonaman, u butunlay ketadi.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика