So’nggi yangiliklar

22:13Асрор Алиқулов: "Чарчоқ ёки иссиқ ҳаво деган гаплар қуруқ баҳона. Ҳар бир учрашув ҳам ўхшайвермайди"  2 21:57Суперлига. "Қизилқум" сўнгги дақиқаларда гол уриб, "Нефтчи"ни ғалабадан маҳрум қилди  56 21:21ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" "Олимпик" дарвозасига жавобсиз 4та гол урди ва пешқадамликни қўлига олди  1 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  65 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  7 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  6 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  2 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  14 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  18 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3

"Milan" o'rindig'idagi Piolining egizagini ko'rganmisiz? Bu Stefanoning yordamchisi va yaqin do'sti. Yangiliklar

"Milan" o'rindig'idagi Piolining egizagini ko'rganmisiz? Bu Stefanoning yordamchisi va yaqin do'sti.

Stefano Pioli va Jakomo Murelli do'stligiga qirq yildan oshdi.

Ishonasizmi, ularning hatto sochi ham deryali bir xil paytda to'kilib ketgan. 14 noyabr kuni Milanellodan noxush xabar tarqaldi: Stefano Pioli koronavirus yuqtirib oldi va katta ehtimol bilan yakshanba kungi "Napoli"ga qarshi bellashuvni o'tkazib yuboradi. Endi vaqtincha jamoani Daniele Bonera boshqarib turadi. Bunga esa bosh murabbiyning o'ng qo'li Jakomo Murelli ham koronavirusga chalingani sabab bo'ldi. Murelli — tashqi ko'rinishidan Stefanoga juda o'xshab ketadigan va kiyinish uslubini ham ko'chiradigan mutaxassis.

Xo'sh, Piolining "egizagi" haqida nimalarni bilish zarur?

Murelli va Pioli tanishganiga qirq yildan oshdi: ularning har ikkisi yo'lini "Parma" yoshlar jamoasidan boshlagan

Ularning har ikkisi Emiliya-Romanya provinciyasidagi, regionning eng katta shahri Parmadan 20 daqiqalik hududda joylashgan aholisi hech qachon 6,5 mingdan oshmagan San-Sekondo-Parmense kommunasida dunyoga kelgan. 1979 yil "Parma" yoshlar jamoasida tanishib qolishadi va do'stlashishadi.

"Stefano bilan do'stligimiz futbol maydonidan tashqarida ham davom etadi. Biz uzoq yillardan buyon oilaviy yaqin aloqadamiz. Bir-birimizni juda yaxshi bilamiz va jonajon regionimizning asosiy jamoasida boshlaganmiz", — deydi Murelli.

Bu kabi voqealarda ko'p uchragani singari, malum vaqt o'tib, ikki do'stning yo'li ayrildi. 1984 yil Pioli "Yuventus"ga yo'l oladi va zaxira futbolchisi sifatida Italiya chempionatida va CHempionlar Kubogida zafar quchadi. Murelli esa anchayin kamtar "Avellino"ga o'tadi va A Seriyada jon saqlash uchun kurashadi.

Futbolchilik davrida "Avellino"da Murellini "anti-Maradona" deb atashardi: o'sha paytlarda "Napoli" va "Avellino" o'rtasidagi bellashuvlar sal kam o'rtoqlik o'yinidek o'tardi (har ikki klub A Seriyada Kampaniya regioni vakili sifatida harakat qilardi), "Napoli"ning argentinalik dahosini esa doimo Murelliga "ishonib topshirishardi". To'rt mavsum davomida Diego "Avellino"ga bor yo'g'i bitta gol urgan.

Maradonaga qarshi to'qnashuv Jakomo faoliyatining yuqori pallasi sifatida qayd etiladi: 1989 yil u "Avellino" bilan B Seriyaga ravona bo'ladi va qaytib elitada maydonga tushmaydi. Murelli faoliyatida shuningdek mashhur "Bolonya" ham bo'lgan, lekin ushbu jamoa bilan u S1 Seriyada ter to'kkan.

Pioli va Murelli 2004 yil qayta birlashdi va ortiq ayrilmadi

37 yoshda Murelli havaskor jamoa "Sudzara"ga yo'l oladi va faoliyatining so'nggi davrini o'tkazadi. Aynan o'sha erda u o'ynovchi murabbiyga aylanadi. Imkoniyatlari cheklangan jamoada malum yutuqlarga erishgach, 2003 yil "Modena"da Alberto Malezani murabbiylar shtabiga qo'shiladi. O'shanda jamoa V Seriyada harakat qilardi.

Oradan bir yil o'tib, Malezani istefoga chiqarishadi va uning o'rniga 39 yoshli Piolini taklif qilishadi. Stefano o'shanda bosh murabbiy sifatida ilk qadamlarini tashlayotgandi. Pioli yangi lavozimga tayinlangach Murellini o'zining asosiy yordamchisi etib tanladi. Ushbu vazifani Jakomo mana 16 yildan buyon bajarib keladi — Murelli Pioliga "Parma", "Grosseto", "Pyachenca", "Sassuolo", "Kevo", "Palermo", "Bolonya", "Lacio", "Inter", "Fiorentina" va endi "Milan"da yordamlashmoqda.

Pioli va Murellining ajoyib bir odatlari bor: ular ishga doim bir xil kiyinib kelishadi!

"Palermo"da shunday edi


 

"Inter"da shunday edi


"Fiorentina"da shunday edi


"Milan"da ham shunday

Qiziq, kim kimdan ko'chirar ekan-a?!

Yana bir qiziq fakt, har ikki qaxramon deyarli bir paytda, "Fiorentina"dagi davrda sochlari to'kilib ketgan. Mana buni haqiqiy do'stlik desa bo'ladi!


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика