"Milan" muxlislari SHevchenkoga atab banner ko'tarishdi
14 jan 2022 09:40
Yangiliklar
"Milan" muxlislari SHevchenkoga atab banner ko'tarishdi
Kecha Italiya kubogi doirasida "Milan" va "Jenoa" jamoalari o'yini bo'lib o'tdi (3:1).
Mezbon muxlislar uchrashuvda o'z vaqtida "Milan" sharafini himoya qilgan, hozirda "Jenoa" bosh murabbiyi sifatida ishlayotgan Andrey SHevchenkoga bag'ishlab banner ko'tarishdi.
Unda quyidagi yozuvlar bor edi: "Bu uzoq muhabbat tarixi. Manchesterdagi nigohlar qalbimizga muhrlangan. SHeva - afsona".
Muxlislar 2003 yilgi ECHL finalida "Yuventus"ga qarshi o'yinning penaltilar seriyasini nazarda tutishgan.
SHuningdek kecha o'yin boshlanishiga yaqin "San-Siro"dagi muxlislar ukrainalik murabbiyning ismini aytib, olqishladi.
Fikrlar