So’nggi yangiliklar

22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  3 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  6 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  5 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  5 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  3 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  9 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  10

Milan Mitrovich: "So'g'diyona"ning natijalari va o'yini Ulug'bek Baqoevning qanday murabbiyligini aytib turibdi" Yangiliklar

Milan Mitrovich: "So'g'diyona"ning natijalari va o'yini Ulug'bek Baqoevning qanday murabbiyligini aytib turibdi"

Bugun saytimizda Superliga 10-turning laureatlari elon qilindi.

"So'g'diyona" "Paxtakor" bilan 0:0 hisobida durang o'ynashida mehmonlar posboni Milan Mitrovichning xizmati katta bo'ldi, deya olamiz. U bellashuv davomida jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan saqlab qoldi. SHu bois Championat.asia sayti talqiniga ko'ra, Milan Mitrovich 10-turning eng yaxshi darvozaboni deb topildi. Biz esa bu borada serbiyalik darvozabonning fikrlari bilan qiziqdik.

- Uchrashuvdan oldin "Paxtakor"ning imkoniyatlari yuqori baholandi. CHunki "So'g'diyona" so'nggi yillarda Toshkentdan ochkosiz qaytayotgandi. Jamoa buni qanday qilib uddasidan chiqa oldi?

- "Paxtakor"ga qarshi o'ynash har doim qiyin bo'lgan. Uydami yoki safardami buning ahamiyati yo'q. Raqib doim kuchliligicha qoladi. Terma jamoa o'yinlari sabab yuzaga kelgan tanaffus foydali bo'ldi, deyishim mumkin. Agarda tanaffus bo'lmaganida bilmadim, qanday natija qayd etilardi. Asosiy maqsadimiz yutqazmaslik edi. "Paxtakor" bilan oddiy emas, markaziy o'yin bo'ldi. Mag'lubiyatdan boshqa har qanday natija qoniqtirardi. SHu orqali biz kuchli uchlikdagi o'rnimizni saqlab qolardik. 

- Saytimiz orqali turning eng yaxshi darvozaboni, deb etirof etildingiz. Agar kuzatgan bo'lsangiz bu turda yana qaysi darvozabonlarning harakatlari maqul keldi?

- Ha, buni ko'rdim. Bunday etirofdan har qanday futbolchi xursand bo'ladi va borini berib o'ynaydi. Men jamoadoshlarim singari maksimal darajada kuchimni sarfladim. O'zbekistonda yaxshi darvozabonlar bor. Buni oldin ham aytganman. Lekin hozirda biror darvozabonni alohida ajratib ko'rsata olmayman. CHunki har bir kiper o'ziga xos hususiyatga va uslubga ega, o'zining ustun tomonlari bo'ladi. 

- Dragan CHeran va Eren Derdiyokning maydonga tushmagani "So'g'diyona"ning ishini engillashtirdimi?

- Albatta qaysidir manoda biroz osonroq bo'ldi. Lekin yana qaytaraman "Paxtakor" tarkibida eng yaxshi o'yinchisi yoki to'purari tushmagan taqdirda ham hurmatga loyiq jamoa bo'lib qolaveradi. 

- Ulug'bek Baqoevni matbuot anjumanlarida ko'p gapirmasligiga, ishi bilan barchasini isbotlashiga guvoh bo'lamiz. Ushbu murabbiy jamoaning ichida qanday? Principial o'yinlardan oldin qanday so'zlarni topib gapiradi?

- O'yin davomida belgilangan hududda o'z ko'rsatmalarini berib turadi. Murabbiy so'zlarni behuda sarflashni istamaydi. Ulug'bek Baqoevning harakatlari va jamoaning natijalari uning qanday murabbiy ekanligini ko'rsatib turibdi. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика