"Milan" Kyaerga yangi shartnoma taklif qiladi
27 iyu 2021 14:12
Yangiliklar
"Milan" Kyaerga yangi shartnoma taklif qiladi
32 yoshli daniyalik himoyachi Simon Kyaer "Milan" bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin.
"Rossonerilar" o'yinchining vakillari bilan bitimni muhokama qilish uchun A Seriya yangi mavsumi startiga qadar uchrashishni xohlamoqda.
Tomonlar o'rtasidagi amaldagi bitim 2022 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Milan klubi hamkorlikni yana bir mavsumga uzaytirmoqchi.
Futbolchi o'tgan mavsum 28ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.
Fikrlar