Milan himoyachisi jamoa lagerini tark etdi va Yuventus tomon yo'l oldi

Aziz Tukhtamuradov
18 iyul 2017, 16:35
Milan klubi himoyachisi Mattia De Shilo turinning Yuventus jamoasi safini to'ldirishga tobora yaqinlashmoqda.

Corriere dello Sport xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi rossonerilarning Xitoydagi mashg'ulot bazasini tark etgan va Turin klubiga transfer ishlarini yakunlamoqchi. 

Transfer shu haftadayoq amalga oshishi kutilmoqda. 

Ma'lumotlarga ko'ra, Milan ushbu transfyerdan 10 mln € atrofida pul ishlab oladi. Ta'kidlab o'tamiz, Mattia jamoadoshlari bilan xayrlashishga ulgurgan. Italiyalik futbolchi 19 iyul kuni Turinga yetib kelishi kutilmoqda va shu kunning o'zidayoq tibbiy tekshiruvdan o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.com