"Milan" Franciya terma jamoasi futbolchisi uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor
20 mar 2020 12:00
Yangiliklar
"Milan" Franciya terma jamoasi futbolchisi uchun 40 million evro taklif qilishga tayyor
"Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekir "Milan" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.
"Rossonerilar" mavsum yakunlangandan so'ng 26 yoshli franciyalik futbolchiga 40 million evro to'lashga tayyorlar.
Fekir o'tgan yozda "Betis"ga "Lion"dan deyarli 20 million evro evaziga o'tgan edi.
O'yinchi Andaluziya klubi bilan tovon puli 100 millionga teng shartnoma imzolagan, bitim muddati esa 2023 yilgacha.
Bundan tashqari, "Betis" Fekirni sotgan taqdirda, transferning 20% ini "Lion"ga to'lashi kerak.
Fikrlar