“Milan” 49 yil avvalgi natijasini takrorladi
05 okt 2020 08:34
Yangiliklar


“Milan” 49 yil avvalgi natijasini takrorladi
“Milan” A Ceriya 3-turida “Speciya”ni 3:0 hisobida engdi.
Stefano Pioli shogirdlari A Ceriya 2020/21 yilgi mavsumini ketma-ket uchta g'alaba bilan boshladi. Avvalgi turlarda “rossonerilar” “Bolonya” va “Krotone”ni bir xil — 2:0 hisobida taslim qilgandi. Qayd etish joiz, “Milan” uchala o'yinda ham bitta gol o'tkazmasdan g'alabaga erishdi. Bunday holat esa klub tarixida hozirgacha 2 marta ro'y bergandi. Jumladan, 1952 yilgi va 1971 yilgi mavsum startida. O'shanda ham jamoa mavsumni uchta “quruq” g'alaba bilan boshlagandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar