"Milan" 2009 yildan so'ng ketma-ket 13ta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi
01 mar 2018 10:46
Yangiliklar


"Milan" 2009 yildan so'ng ketma-ket 13ta uchrashuvda mag'lub bo'lmadi
"Milan" "Lacio"ga qarshi Italiya Kubogi yarim final javob uchrashuvida penaltilar seriyasida g'alabaga erishdi (0:0, 5:4, birinchi o'yin - 0:0).
SHunday qilib, rossonerlar Jennaro Gattuzo qo'l ostida barcha turnirlardagi mag'lubiyatsiz seriyasini 13ta o'yinga etkazishdi.
So'nggi marta "Milan" bunday muvaffaqiyatga 2009 yilning dekabrida erishgan edi.
"Milan" mag'lubiyatsiz seriyasi davomida Evropa ligasining 1/8 finaliga, Italiya Kubogi finaliga chiqdi va CHempionlar ligasi zonasi uchun masofani qisqartirdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar