So’nggi yangiliklar

15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  1 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  2 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  13 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  3 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10

Mikel Arteta qay tarzda koronavirusga chalinganini aytib berdi Yangiliklar

Mikel Arteta qay tarzda koronavirusga chalinganini aytib berdi

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta koronavirusga chalingani haqida gapirdi.

"Hozir hammasi yaxshi, tuzalib ketganimni his qilyapman. Kasallik alomatlaridan xalos bo'lishim uchun 3-4 kun talab etildi. Men o'zimni yaxshi his qila boshladim, kuchga to'laman va endi ancha yaxshilanganimni sezmoqdaman.

Hammasi juda tez sodir bo'ldi. Seshanba kuni kunduzi o'zimni yomon his qildim va shifokorga bordim, ammo u yo'q edi. Mashg'ulotlardan so'ng mashinada ketayotganimda meni direktorlar kengashidan chaqirishdi. Menga "Olimpiakos" prezidenti Evangelos Marinakis ijobiy test topshirganini va u bilan aloqada bo'lgan barcha xavf ostida ekanligini aytishdi.

Men ham o'zimni yaxshi his qilmayotganimni aytdim. Ko'plab o'yinchilarimiz "Olimpiakos" futbolchilari bilan aloqada bo'lgan edi. Ertasi kuni "Manchester Siti" bilan o'yinimiz bor edi va hech narsani aytmasdan ko'pgina odamlarning hayotini xavfga qo'ya olmasdik.

O'tgan chorshanba kuni esa test topshirdim, juma kuni tashhis qo'yildi va biz Premer-ligaga test natijalarim ijobiy chiqqanligi haqida xabar berishimiz kerak edi. Men bilan aloqada bo'lgan barcha karantinga olinishi aniq edi va o'yinlar to'xtatilishi kerak edi", - deydi Arteta.

Reyting: +39   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика