So’nggi yangiliklar

19:23​Рустам Ашурматов Эронга етиб борди  0 18:59Санчо "Ювентус"га молиявий талабларини маълум қилди  0 18:31Футболда ринг нафаси: Майкл Баффер Клублар ўртасидаги ЖЧга таклиф этилди   1 18:03"Футбол олами". Биринчи давра якунланди  0 17:47Сулоланинг янги вакили: Петр Чехнинг ўғли "Фулхэм" билан биринчи шартномасини тузди  5 17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  1 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  4 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  6 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  5 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2

Mikael Sekeyra - "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng: "Maydon bo'lmagani uchun uch kun mashg'ulot o'tkazmadik" Yangiliklar

Mikael Sekeyra - "Paxtakor"ga qarshi o'yindan so'ng: "Maydon bo'lmagani uchun uch kun mashg'ulot o'tkazmadik"

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra fikrlarini bildirdi.





- "Paxtakor" jamoasi g'alabaga munosib edi. CHempion bo'lganini isbotlay oldi. Bizning futbolchilar harakat qilishdi. Birinchi bo'limda pressinglarda yaxshi harakat qildik. Lekin to'pni ko'p yo'qotdik. "Lokomotiv" futbolchilarini ko'rsatgan xarakteri bilan tabriklayman. Maydon bo'lmagani uchun qorda uch kun mashg'ulot o'tkaza olganimiz yo'q. Deyarli mashg'ulotlar o'tmadi. O'z jamoamdagi futbolchilarni kurashgani uchun tabriklayman. Hisob 0:1 bo'lib turgan pallada Temurxo'jada yaxshi vaziyat bo'ldi. 0:2dan so'ng umid qolmagandi,- deydi Mikael Sekeyra.

-  To'g'ri aytdingiz futbolchilar jang qilishdi. Lekin himoyadan hujumga o'tishda xatolar ko'p bo'ldi. Keskin paslar etishmadi...

- "Lokomotiv" jamoasining futbolchilaridan xursandman. Ular o'zlarini ko'rsata olishdi. Uch kun mashg'ulotsiz juda qiyin bo'ldi. Ayrim futbolchilar shuning hisobiga o'zlarini yaxshi his qila olishmadi. Uyda alamli mag'lubiyatda hamma hafa. Lekin men o'yinchilarimdan minnatdorman. 

- O'yinning tasviri yo'q...

- To'g'ri aytmoqdasiz. Bugungi kun o'zim uchun ham boshqacha kechdi. Futbolda shunday ham bo'lib turadi. 

- Mazkur bahs kamchiliklarni ko'rsatib bergani uchun ham foydali bo'ldimi?

- Men har doim jamoamdagi futbolchilarni ota sifatida himoya qilib kelaman. Lekin uyning ichida dakki berishim mumkin. Mag'lubiyatda men javobgarman. Bugungi o'yinni esdan chiqarishimiz kerak. "Lokomotiv"ni birinchi o'ringa qaytarish niyatim hisoblanadi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика