So’nggi yangiliklar

00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  2 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  3 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  4 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  12 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  9 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2 19:02"Мундиалда Ўзбекистон терма жамоасининг янги қиёфалари пайдо бўлади" – Александр Крестинин билан катта суҳбат  6 18:38"Навбаҳор" бразилиялик ҳимоячи билан шартнома тузади  16 18:11Гёкереш "Спортинг" машғулотларига қайтишдан бош тортди. У "Арсенал"га ўтишни истамоқда  8

Mikael Sekeyra O'zbekiston termasini boshqargan bo'larmidi? Yangiliklar

Mikael Sekeyra O'zbekiston termasini boshqargan bo'larmidi?

Coca Cola Superligasi 16-turi doirasida "Turon"ga qarshi bahsdan keyin "Lokomotiv" bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'z fikrlarini bildirdi.




- CHiroyli o'yin bo'ldi, ikki tomon ham ikkinchi bo'limda yaxshi o'yin ko'rsatdi. "Turon" tarkibida yuqori saviyali futbolchilar bor. Garchi ular past pog'onani egallab turgan bo'lsa-da, yuqoriga ko'tarilishi uchun imkoniyatlar etarlicha. Futbolchilarimdan minnatdorman. Ular raqibni hurmat qilgan holda maydonda jang olib borishdi. "Lokomotiv"ni 3 ochko bilan tabriklayman.

- So'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuborish ananasidan qutulganingiz bilan tabriklayman. Ikkinchi bo'lim boshida Jumaboev va Amonovning maydonga tushgani ko'p narsalarni o'zgartirib yubordi.
- Bu rejamizda bor edi. O'yinning dinamikasini sezgan holda biz bunga tayyor turgandik. SHu boisdan ularni tezda zaxiradan maydonga tushirdik. O'zgarishdan keyin biz doimiy ko'rsatgan o'yinimizni ko'rsata oldik.

- Birinchi bo'limda ikki jamoa sekin o'ynadi. Ikkinchisida esa ikki tomon ham tez o'ynadi.
- O'yinning dinamikasiga o'zgartirish kiritdik, shuningdek, futbolchilarning joylashuvi ham o'zgardi. Biz ikki futbolchi oldinda, markazda esa 4 futbolchini o'ynatishga harakat qildik. SHu orqali biz ularga blok qo'yishga muvaffaq bo'ldik. Aynan shu natija olib keldi. Ikkinchi bo'limga tushishdan oldin taktikalarni ham o'zgartirdik. Futbolchilar ham bu g'oyalarga ishondi.

- Srechko Katanecning o'yinga kelgani qo'shimcha kuch beradimi?
- "Lokomotiv" tarkibida yaxshi futbolchilar ko'p. Bu barcha futbolchilar uchun signal. Demak, biz mavsumni yaxshi o'tkazyapmiz. Tarkibimizdagi ko'plab futbolchilar termaga loyiq. Kim o'ynasa ham O'zbekiston termasiga omad tilayman. Terma chiroyli o'yinlar ko'rsatib, JCHga chiqishini tilab qolaman. O'zbekistonda futbolchilar juda ko'p. Ularni taktik tomonlama tarbiyalash kerak.

- Srechko Katanecning variantiga qadar ko'plab kommentlarda muxlislar Mikael Sekeyrani terma bosh murabbiyi qilish taklifi bilan chiqdi. Kelajakda O'zbekiston milliy termasidan taklif tushsa, qabul qilasizmi?
- O'ylab ko'rsa bo'ladi. Bunday imkoniyat bo'lishi kerak. Men bu erga "Lokomotiv" uchun kelganman. Barcha fikrim shu klubda.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика