Mikael Sekeyra: "Andijon" 8-9 nafar futbolchi bilan himoyalandi"
17 okt 2021 20:20
Yangiliklar
Mikael Sekeyra: "Andijon" 8-9 nafar futbolchi bilan himoyalandi"
Superliganing 22-turidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Andijon" (2:2) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Mikael Sekeyra o'z fikrlarini bildirdi.
"To'g'risini aytsam, bugungi o'yin haqida ko'p gapira olmayman. Ikkinchi taymni yaxshi boshladik, raqibdan ancha yaxshi o'ynadik.
Oxirgi goldan oldin Temurxo'ja Abduxoliqov hujumga o'tib, zarba berganida darvozabon qaytargandi, ammo burchak to'pi belgilanmadi. Darvozabon to'pni o'yinga kiritgach, raqib gol urdi.
"Lokomotiv" bu bilan to'xtab qolmaydi, yigitlar qo'llarini tushirishmaydi. Futbolchilarim bugun barcha ko'rsatmalarni bajarishdi. Etibor bergan bo'lsangiz, "Andijon" 8-9 nafar futbolchi bilan himoyalandi", – dedi Mikael Sekeyra.
Fikrlar