Nima? Saudiyaliklar Vinisius uchun "Real"ga 350 mln evro taklif qilishmoqchi!
23 jan 2025 00:37
Yangiliklar
Nima? Saudiyaliklar Vinisius uchun "Real"ga 350 mln evro taklif qilishmoqchi!
Saudiya Arabistoni klublari Vinisius Juniorni qo'lga kiritish uchun o'ta jiddiy yurish qilishlari mumkin. Jurnalist Ben Djeykobsning malum qilishicha, gap 350 mln evro haqida ketmoqda.
Jurnalistning xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klublari Vini Juniorni qo'lga kiritish uchun 350 mln evro to'lashmoqchi. Aynan qaysi klubligiga oydinlik kiritilmagan, ammo bu "Al Ahli" bo'lishi ehtimoli katta.
Vini Juniorning shartnomasida bir milliard evro tovon puli bor. Saudiyaliklar esa 350 mln evro bilan ishni hal qilishmoqchi. Ularning rejasiga ko'ra, bu summa "Real Madrid" rad javobini berishi uchun juda kattalik qiladi.
Vinisiusning o'zi hali Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishga rozilik bermagan, ammo manbaning qayd etishicha 2025 yilning yozida ko'p narsa o'zgarib ketishi mumkin.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar