"Metallurg"da katta o'zgarish yo'q. "Neftchi"ga g'alaba zarur. Aks holda...". Superliga 7-turi oldidan mutaxassis fikri
05 may 2022 13:59
Yangiliklar
"Metallurg"da katta o'zgarish yo'q. "Neftchi"ga g'alaba zarur. Aks holda...". Superliga 7-turi oldidan mutaxassis fikri
Bugungi kundan "Neftchi" - "Lokomotiv", "Olimpik" - "Dinamo" uchrashuvlari o'rin olgan. Ertaga va 7 may kuni ham bir qator qiziqarli o'yinlar kutmoqda. Mana shu bellashuvlar oldidan sobiq futbolchi Jahongir Jiyamurodov fikr va taxminlari bilan o'rtoqlashdi.
Neftchi |
Superliga. 7-tur 05/05/2022, 18:30 1
:
0
Tugadi
|
Lokomotiv Mpako Etame Jerom - 58' |
- Darhaqiqat, Yaypanda qiziqarli o'yin bo'ladi. Bu o'yinda yaqqol favorit yo'q. "Neftchi" o'ziga kerakli ochkolarni boy bermoqda. SHu bois bor kuchini tashlaydi, ochko zarur.Aks holda yanada qiyin holatga tushib qolishi hech gapmas. "Lokomotiv" avvalgidek sovrinli o'rinlarga kurashadigan jamoa hisoblanmaydi. Ilhom Mo'minjonov qo'l ostida yaxshi tarkib bor. Taxminimcha, "Neftchi" 2:1 hisobida g'alaba qozonishi mumkin.
Olimpik Otabek Jo'raqo'ziev - 8' |
Superliga. 7-tur 05/05/2022, 18:30 1
:
1
Tugadi
|
Dinamo SHohmalik Komilov - 3' |
- Timur Kapadze yosh futbolchilardan yaxshi jamoa shakllantirgan. Bu jamoaning futbolchilarida ishtiyoq va xohish kuchli. Maydonda bir-birini yaxshi qo'llab-quvvatlamoqda. "Dinamo"ning o'yinlarini kuzata turib, o'yin uslubi borligini ko'ryapman. Faqat klass etishmayapti. Fikrimcha, "Olimpik" kichik 1:0 hisobida mavsumdagi ikkinchi uch ochkosiga ega chiqadi.
Navbahor Azim Ahmedov - 41', Yovan ZHokich - 84' |
Superliga. 7-tur 06/05/2022, 18:30 1
:
2
Tugadi
|
Bunyodkor Ibrohim Tomiva - 64' |
- Samvel Babayan qaysi jamoada ishlamasin faqat sovrinli o'rinlar uchun kurashgan. O'sha "Paxtakor"da pul yo'q paytda ham barqaror ushlab tura olgan va chempion qilgan. Bugungi "Navbahor"da har tomonlama yaxshi futbolchilar yig'ilgan. Ustunlik mezbonlarda. Bunga tarkib+muxlislarni sabab sifatida keltirish mumkin. Ishqibozlar jamoani oldinga chorlashi, hujum qilishga majbur qilishi tabiiy. Taxmin: "Navbahor" 2:1 yoki 3:1 hisobida zafar quchadi.
Metallurg Xudoyshukur Sattorov - 26' |
Superliga. 7-tur 06/05/2022, 18:30 1
:
1
Tugadi
|
Qizilqum Jasur Azimov - 90' |
- "Qizilqum" bu mavsum chiroyli o'yin ko'rsatmoqda. Terma jamoada o'ynagan futbolchilarning tajribasi baribir o'z so'zini aytmoqda. Natijalardan malumki, jamoa oldiga yuqori maqsadlar qo'yilgan. SHu bois har bir o'yinga finaldek munosabatda bo'lishmoqda. "Metallurg"ning o'yinida katta o'zgarish, yangilik yo'q. Qaytanga Andrey SHipilov davrida o'yin imzosi bor edi. Mazkur o'yinda navoiyliklarning imkoniyatini yuqori baholayman.
Surxon Iqbol Malikzhonov - 52' |
Superliga. 7-tur 06/05/2022, 18:30 0
:
1
Tugadi
|
Qo’qon-1912 |
- Termiz shahri klubi hali g'alaba nimaligini bilgani yo'q. Jamoada yangi murabbiylar shtabi ishlamoqda. Ular uchun ko'p narsa yangi. "Qo'qon-1912" esa allaqachon Superligada o'rnini topib olgan. Yaxshi murabbiylar faoliyat olib bormoqda. Ikki tomonning imkoniyatlaridan kelib chiqib durang bo'lishi ehtimoli bor.
OKMK Martin Boake - 45', Shohruh Gadoyev - 72' |
Superliga. 7-tur 07/05/2022, 18:00 2
:
3
Tugadi
|
So'g'diyona SHahboz Jo'rabekov - 27', Doniyor Abdumannopov - 46', Ayubxon Nomanov - 48' |
- "So'g'diyona"ning o'yinlarini ko'rdim. Avvalgiga qaraganda ancha tomoshabop futbol namoyish qilyapti, deya olaman. Ulug'bek Baqoev shogirdlari turnir jadvalida o'z joyini saqlab qolish uchun ham harakat qiladi. AGMK aniq o'yin falsafasiga ega jamoa. Klubda g'oliblik ruhi mavjud. Mezbonlar bu bahsda kichik hisobda uch ochkoga ega chiqadi.
- 7-turning eng markaziy o'yinlaridan biri. "Nasaf" zo'r sport formasida. OCHLdagi muvaffaqiyatli yurishini Superligada davom ettirib Qo'qondan g'alaba bilan qaytishdi. Ishtiyoq juda baland. Ushbu to'qnashuvda g'olib nomi aniqlanmasa kerak. Oldindagi uchrashuvlarda barcha jamoalarga omad tilayman. O'ylaymanki, tomoshabop futbol ko'ramiz.
Mutaxassislar fikri, fakt, statistika va fikrlar quyidagi havolada >>>>>>>> FAKTLAR
Fikrlar