"Metallurg" Turkiyada to'rtta o'yin o'tkazadi
31 jan 2022 19:23
Yangiliklar
"Metallurg" Turkiyada to'rtta o'yin o'tkazadi
Yangi mavsumga Toshkent viloyatining Ahmad Yassaviy nomidagi stadionida tayyorgarlik ko'rayotgan "Metallurg" klubi navbatdagi yig'inini Turkiyada o'tkazadi.
Bekobodliklar Toshkentda tayyorgarlikni yana ikki kun davom ettirishadi. SHundan keyin jamoa azolari uchinchi bosqichni o'tash uchun xorijga – Turkiyaning Antaliya shahriga yo'l oladi. "Metallurg" xorijda to'rtta nazorat uchrashuvini o'tkazishni rejalashtirgan. Hozircha raqiblardan ikkitasi malum bo'lgan. Bular Ukrainaning "Metallist" hamda Armanistonning "Alashkert" jamoalari sanaladi. Yana ikkita raqib bilan dastlabki kelishuv bor, ammo uzil-kesil bir to'xtamga kelinmagan.
Eslatib o'tamiz, Luisma Ernandes etakchiligidagi "Metallurg" Turkiya safariga 3 fevral sanasida uchib ketadi.
Fikrlar