So’nggi yangiliklar

10:08“Майдонда максимал даражада кучимизни сарфлаймиз, бизда ишонч бор” - Дониёр Абдуманнопов “Сурхон”га қарши ўйин, чиройли гол ва Суперкубок ҳақида  1 09:40Васкес фаолиятини Осиёда давом эттириши мумкин  1 09:11Ҳусановнинг собиқ мураббийи Англия жамоасини бошқаради  3 08:43Мбаппе “Олтин бутса“ учун курашда биринчи ўринга чиқиб олди  6 08:17Sofascore. Захирадан майдонга тушиб, ассист қайд этган Файзуллаев неча баҳо олди?  3 08:00Суперлига. "Нефтчи" "Шўртан"ни йирик ҳисобда мағлубиятга учратди. "Сўғдиёна" эса ўз майдонида "Бухоро" билан дуранг ўйнади  0 07:54Суперлига. Бугун 3-та учрашув бор  4 07:27АПЛга йўл олган учинчи жамоа номи маълум  6 03:31Франция кубоги. ПСЖ "Реймс"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, бош совринга эга чиқди  6 03:13А Серия. "Милан" сўнгги ўйинда "Монца"ни қийинчиликсиз таслим этди, жамоа кейинги мавсум еврокубокларда иштирок этмайди  1 03:02Германия кубоги. "Штутгарт" финалда учинчи лига жамоаси бўлмиш "Арминия"ни мағлуб этиб, Германия кубогини қўлга киритди - 4:2. Мийо дублга эришди  5 00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  7

“Metallurg” – “Olmaliq” uchrashuvi oldidan: Abdumo'minov sobiq klubiga qarshi maydonga tusha olmaydi Yangiliklar

“Metallurg” – “Olmaliq” uchrashuvi oldidan: Abdumo'minov sobiq klubiga qarshi maydonga tusha olmaydi

Teglar :  OlmaliqMetallurg
Toshkent viloyati jamoalari derbisi 2008 yildan boshlangan va eng murosasiz derbilardan hisoblanadi.

Buni qayd etilgan natijalardan ham bilib olsa bo'ladi. O'tgan davr mobaynida poytaxt viloyati vakillari bir birlariga qarshi 16 ta o'yinda ro'baro' kelishgan. Kichik ustunlik “Olmaliq” jamoasi tomonida. Konchilar o'tkazilgan o'yinlarning 8 tasida zafar quchishgan bo'lishsa, metallurgchilar 7 ta uchrashuvda muvaffaqiyat qozonishgan. Faqat 1 ta o'yinda durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 34:32, “Olmaliq” jamoasi foydasiga.

Mazkur jamoalarning to'qnashuvida olmaliqlardan eng ko'p gol kiritgan o'yinchi Mo'ydin Mamazulimov bo'lib turibdi. Uning hisobida 6 ta gol bor. Bekobodliklar hujumchisi Zohid Abdullaev esa raqiblari darvozasini 5 marta ishg'ol etgan.

O'tgan mavsum Olmaliqdagi uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida g'g'alaba qozonishgandi. Birinchi bo'limda SHavkat Salomov hamda Kamoliddin Murzoevlar muvaffaqiyat qozonishgan bo'lishsa, mezbonlar darvozasiga kiritilgan gol ham maydon egalari hisobiga yozilgan. Jahongir Abdumo'minov avtogol muallifi bo'lgandi.

Bu yilgi mavsumda Jahongir “Metallurg” jamoasida faoliyat yuritayapti. Ammo Abdumo'minov o'zining sobiq jamoadoshlariga qarshi maydonga tusha olmaydi. 3-turda “Metallurg” tarkibidagi birinchi golini kiritgan J.Abdumo'minov o'yin tugashiga 10 daqiqa qolganda chalqancha uslubda “SHo'rtan” darvozasini ishg'ol etmoqchi bo'ldi va to'pni bosh bilan qaytarmoqchi bo'layotgan mehmonlar himoyachisi Botir Qoraevning yuziga tepib yubordi. Uchrashuv bosh hakami Aziz Asimov Abdumo'minovni maydondan chetlatdi. O'tgan hafta O'zbekiston futbol federaciyasi tartib intizom qo'mitasi chiqargan qarorga ko'ra J.Abdumo'minov navbatdagi 2 uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Bu yilgi chempionatni Toshkent viloyati jamoalari turlicha kayfiyatda boshlashdi. Bekobodliklar uchta o'yinning barchasida g'alaba qozonib, yuz foizlik natija bilan peshqadamlar safida borayotgan bo'lsa, “Olmaliq” dastlabki 3 ta o'yinning barchasida imkoniyatni boy berdi va turnir jadvalining oxirgi pog'onasini egallab turibdi. Quyida mazkur jamoalarning Olmaliqda kechgan so'nggi olti mavsumdagi o'yinlari natijasi bilan tanishing:

2010 yil. Olmaliq – Metallurg – 3:2. Gollar: Mo'ydin Mamazulimov (62, 90+1), Nosir Otaqo'ziev (69) – Umid Tojimov (29), SHuhrat Yo'ldoshev (90+3).

2011 yil. Olmaliq – Metallurg – 4:1. Gollar: Sobir Usmonxo'jaev (67), Mo'ydin Mamazulimov (79-p), Isroil Ergashev (86), Zohir Pirimov (90+2) – G'ulom Halimtoev (89).

2012 yil. Olmaliq – Metallurg - 3:2. Gollar: Oleg Zoteev (31), Azamat Isroilov (33), Zafar Xolmurodov (81) – Sardor Rasulov (6), SHohnazar Norbekov (85).

2013 yil. Olmaliq – Metallurg – 2:1. Gollar: Olimjon Novkarov (65), Zafar Polvonov (70) – Jasur Boboev (60).

2014 yil. Olmaliq – Metallurg – 3:2. Gollar: Dilyaver Abibullaev (36), SHerzod Hakimov (75), Diyor Turopov (85) – SHahzodbek Nurmatov (34), Sunnatilla Mamadaliev (61).

2015 yil. Olmaliq – Metallurg – 2:1. Gollar: SHavkat Salomov (18), Kamoliddin Murzoev (26-penaltidan) – D.Abdumo'minov (72-avtogol).


"Metallurg" matbuot xizmati

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика