So’nggi yangiliklar

10:17ПСЖ футболчи фаолиятини "Фенербахче"да давом эттиришга яқин  0 09:48"Манчестер Сити" футболчиси 2 ойга сафдан чиқди  1 09:21Sofascore. Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳо олишди?  5 08:52Ўзбекистон U-23 терма жамоаси сафида ўзгариш юз берди  1 08:25Sofascore. Кеча асосий таркибда майдонга тушган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 07:57Here we go! "Ливерпуль" АПЛ тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширмоқда  8 07:25"Сиэтл Саундерс" Лига кубогининг финалида Месси бошчилидаги "Интер Майами"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  13 02:32ЛаЛига. "Барселона" Мадридда дуранг ўйнади  33 01:42А Серия. "Интер" ўз майдонида ютқазди, "Лацио"дан йирик ғалаба  2 01:15АПЛ. Эмилиано Мартинес қайдномага киритилмаган ўйинда "Астон Вилла" ўз майдонида йирик ҳисобда ютқазди  0 00:52Давид Райя: "Янги тўплар эскисидан фарқ қилади"  3 00:14Бундеслига. "Боруссия" Д йирик ғалабага эришди  0 23:45А Серия. "Ювентус" 2-турда ҳам ғалабага эришди  4 23:30Абдуқодир Ҳусанов "CAFA Nations Cup" мусобақасида ўйнайдими?  5 23:08Туркия. "Истанбул Башакшеҳир" ўз майдонида "Эйюпспор"ни мағлуб қила олмади  37

Eldor Moyliev: "Ikkinchi daqiqadayoq qizil kartochka bilan jazolandik va rejamiz o'zgarib ketdi" Yangiliklar

Eldor Moyliev: "Ikkinchi daqiqadayoq qizil kartochka bilan jazolandik va rejamiz o'zgarib ketdi"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Sho'rtan" (4:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Eldor Moyliev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Neftchi"ni yaxshi o'rganib chiqqan edik. Ikkinchi daqiqadayoq qizil kartochka bilan jazolandik va rejamiz o'zgarib ketdi. "Neftchi"ga qarshi bir kishi kam bo'lib o'ynash qiyin. Futbolchilar oxirigacha kurashishdi. Raqib o'z imkoniyatlaridan foydalandi va g'alaba qozondi. Ularni g'alaba bilan tabriklayman", - dedi Eldor Moyliev bugungi bahs haqida.


- Qizil kartochka o'yin rejasiga qanchalik tasir o'tkazdi?

- Raqibimiz qanday o'ynashini bilar edik. Lekin 10 kishi bo'lib qolganimizdan so'ng 4-4-1 sxemasida o'ynadik. "Neftchi" qanotlarda faol ekanligidan xabardor edik. Shu sababli 5-4 uslubiga o'tib oldik, ammo hujumga chiqishga ancha qiynaldik. Tanaffusdan so'ng yana 4-4-1ga o'tib, qarshi hujumda o'z omadimizni sinab ko'rish uchun.

- Darvozabon zaxiraga olinganiga nima sabab bo'ldi?

- Darvozabonimiz jarohat oldi va shuning uchun uni zaxiraga oldik.

- Kamron Saidazimov va Nuriddin Hasanovlar zaxirada qoldirildi. Bunga sabab nimada?

- Kim yaxshi sport formasida bo'lsa, shunga imkoniyat beramiz. Yaqinlashib kelayotgan FIFA kunlarida tayyorgarlik ko'ramiz. Kim jismoniy jihatdan yaxshi holatda bo'lsa, o'sha futbolchi imkoniyatga ega bo'ladi.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика