So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  1 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Vitaliy Levchenko: "Jokich va Yovovich kasal. Ko'plab pozicion hujumlar uyushtirdik" Yangiliklar

Vitaliy Levchenko: "Jokich va Yovovich kasal. Ko'plab pozicion hujumlar uyushtirdik"

Superliga 11-turidan o'rin olgan "Neftchi" - "Sho'rtan" (4:0) uchrashuvidan so'ng farg'onaliklar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Juda ko'p vaziyatlardan foydalana olmadik. Raqibimiz bugun himoyalandi va biz pozicion hujumga o'tishga majbur bo'ldik. Tanaffusga chiqishdan avval gol ura oldik. Ikkinchi bo'limda esa ustunligimizni davom ettirdik. Muxlislarni g'alaba bilan tabriklayman", - deya fikr bildirdi Vitaliy Levchenko bugungi bahs haqida.


- O'zgarishlarni qanday faktorlarga asoslangan holda amalga oshirdingiz? Ichki hissiyotmi yoki maydondagi o'yindan kelib chiqib?

- Ko'proq tahlil bilan bog'liq. Bizda kichik jarohatlangan futbolchilar bor. Ayrim futbolchilar tanaffusda zaxiraga olinishini so'radi. Kimdirni esa o'yindan kelib chiqib almashtirdik. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilardan ko'nglim to'ldi. Biz tempni ushlab qola oldik va gollar urdik.

- Yovan Jokich va Vladimir Yovovichlar ko'rinmay qoldi...

- Ular kasal. Menga etib kelgan malumotlarga ko'ra ularning qoni quyuqlashib ketibdi. Shu erda davolanishdi va keyin tiklanish uchun o'z yurtlariga jo'nab ketishdi. Futbolchilar jamoaga qaytganidan keyin ham, Superligada o'ynashga tayyor sport holatida bo'lishmaydi. Ularni birinchi davra yakuniga qadar maydonga qaytishmaydi.

- Hujumchilarga vaziyatlarni yakunlashda nima etishmayapti? Sovuqqonlikmi yoki boshqa faktor...

- Odatda bunday savollarga mahorat etishmayapti deya javob berishadi. Omad ham kerak. Omad kelmasa ham qiyin. Sovuqqonlik, vaziyat ijrosi va biroz omad kerak, xolos. Shunda hujumchilarni imkoniyatlardan foydalana olishadi.

- Uchinchi gol burchak zarbasidan so'ng uzoq masofadan yo'llangan zarba orqali kiritildi. Futbolchilarga siz uzoqdan zarba berish haqida ko'rsatma bergan edingizmi?

- Biz mashg'ulotlarda standartlarni ishlab boramiz. Raqib ham burchak zarbalaridan yaxshi foydalanishini ko'rib chiqqan edik. Yigitlarga yaxshi ijro uchun rahmat.

- "Sho'rtan" dastlabki daqiqalardanoq bir kishi kam bo'lib qoldi, lekin futbolchilaringiz birinchi taym davomida xotirjamlikka berilib o'ynadi va hisob ochilmadi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Avvalroq aytib o'tganimdek imkoniyatlarimiz foydalanishimiz kerak edi. Biz ko'plab pozicion hujumlar tashkil etdik, ammo futbolda eng muhimi realizaciya. Biz ushbu yo'nalishda ish olib boramiz va vaziyatni o'nglashga intilamiz.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика