So’nggi yangiliklar

11:31Аскер Нажафалиев Индонезия Суперлигасида ишлайди  0 11:26Ўзбекистон кубоги ярим финал ўйинларида ишловчи расмийлар билан танишинг  0 11:14Элит ОЧЛ. "Насаф" – "Ал Ҳилол" учрашувини ким бошқариши маълум  2 11:09Владислав Цейтлин Роналду клубининг ўйинида ишлайди   1 11:02Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита ўйинида ишлашади  0 10:58Футзал бўйича саралаш. Бошқа гуруҳларда кимлар бор?  0 10:54Футзал. Бугун терма жамоамиз Шарқий Тиморга қарши майдонга тушади  1 10:23Ўзбекистон U-17 терма жамоасининг навбатдаги йиғинига чақирилган футболчилар маълум  3 10:01Элит ОЧЛ. Биринчи тур учун рамзий жамоа тузилди, ундан "Насаф" ўйинчиси ҳам ўрин олди   1 09:52Sofascore. Жароҳат олиб, майдони тарк этган Ҳусанов неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 09:21Гвардиола шахсий антирекордини янгилади  1 08:50Sofascore. Кеча гол урган Шомуродов неча баҳога лойиқ кўрилди?  5 08:22"Андижон" Украина терма жамоаси собиқ футболчиси билан шартнома тузди  6 07:56Гвардиола Ҳусанов жароҳат олганини тасдиқлади  3 07:10Эксперт фикри. Камолиддин Мурзоев: "Навбаҳор"нинг натижаси аянчли, лекин кимнидир ерга уриш ёки кўтариш ноўрин"  1

“Metallurg”: “Navbahor”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik davom etyapti Yangiliklar

“Metallurg”: “Navbahor”ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik davom etyapti

Teglar :  MetallurgNavbahor
Mamlakat milliy chempionatining navbatdagi turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi ayni paytda oliy ligadagi mavqeini saqlab qolish uchun bahs yuritayotgan Namanganning “Navbahor” jamoasini qabul qiladi.

Garchi vodiyliklarning bugungi kundagi ahvoli ancha mushkul bo'lsa-da, har qanday raqibni hurmat qilish kerak. Ayniqsa yaralangan sherdan qo'rqish kerak, degan ibora bejizga tug'ilmagan. Bu yog'iga “Navbahor” xoh o'z uyida bo'lsin, xoh safarda – maydonga faqatgina g'alaba uchun tushishga majbur. Buni yaxshi anglagan “Metallurg” futbolchilari mazkur o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rayapti. Jamoa bugunga qadar CHirchiqda ikki mahaldan mashg'ulotlar olib borgan bo'lsa, bugun Bekobodga etib keldi va tayyorgarlik endi shu erda davom ettiriladi.

Bevosita jamoalarning o'zaro munosabatlariga to'xtaladigan bo'lsak, ustunlik namanganliklar tomonida. Ular 37 uchrashuvning 18 tasida g'alaba qozonishgan, 10 uchrashuvda esa bekobodliklarning qo'li baland kelgan. Yana 9 o'yinda kuchlar teng kelgan. To'plar nisbatidagi ustunlik ham “Navbahor” tomonida: 59:39.

Jamoalarning shu yil 4 noyabr kuni Bekobodda bo'lib o'tadigan uchrashuvini FIFA referesi Vladislav Ceytlin boshqarib boradi. Unga qanotlarda Aleksandr Sidorov va Doniyor Saylolovlar yordam berishadi. Zahiradagi hakam Ravshan Kopadze. Mazkur uchrashuvda “Metallurg”ning tayanch yarim himoyachisi Doniyor Odilov jamoadoshlariga diskvalifikaciya bois yordam bera olmaydi. Bir kun muqaddam esa xuddi Odilov singari sariq kartochkalar to'planib qolganligi bois Asomiddin Abdurahmonov ham maydonga tusha olmaydi.

Metallurg (Bekobod) – Navbahor (Namangan)
Hakamlar:
V. Ceytlin (Toshkent), A. Sidorov (Toshkent), D. Saylalov (Toshkent), R. Kopadze (Farg'ona)
Nazoratchi: B. Galeev (Urganch).
O'zPFL vakili: N. Lutfulin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика