Gvardiola Husanov jarohat olganini tasdiqladi
22 sen 2025 07:56
Yangiliklar
Gvardiola Husanov jarohat olganini tasdiqladi
"Bu hafta sodir bo'lgan voqealar haqida gapirmasdan turib, ushbu uchrashuvni tahlil qilib bo'lmaydi. “Manchester Yunayted” va “Napoli”ga qarshi qiyin o'yinlarni o'tkazdik. Jamoamning matonat bilan harakat qilyotkanlari oldida shlyapamni echaman.
Natija adolatli bo'ldi deb o'ylayman. Biz bir nechta o'zgarishlar qildik, lekin menimcha, "Arsenal" bugun yaxshiroq jamoa edi. Natija o'tgan mavsumdagidan va o'tgan hafta “Yunayted”ga qarshi o'yindan yaxshiroq bo'ldi, shuning uchun biz bugungi natijadan qoniqdik.
Ular kuchliroq edi, bizda esa charchoq sezildi. “Napoli”ga qarshi hissiyotlarga boy o'yin o'tkazdik, keyin Londonga etib olishimiz uchun 4-5 soat kerak bo'ldi. Bu juda qiyin. Biz ruhiy jihatdan juda kuchli bo'lishimiz kerak edi va buni uddaladik. O'yinlar orasida vaqt kamligi bizni charchatmoqda.
Shuningdek, jamoada jarohatlanganlar soni ham ko'p. Bugun ham Abduqodir Husanov jarohat olib maydonni erta tart etdi", - dedi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. Бир неча кун олдин "Барселона"ни тор-мор этган "Атлетико" чемпионат аутсайдерига йирик ҳисобда мағлуб бўлди ва тўртинчи ўринга тушиб кетди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги илк ғалабасини тантана қилди, аммо юришини гуруҳ босқичида якунлади
Англия Кубоги. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Салфорд Сити"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди
Родри дисквалификация қилиниши мумкин
Fikrlar