JCH. Germaniya so'nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga Kot-d'Ivuarni mag'lub etdi

21 iyun 2026, 03:00
JCH-2026 E guruhi, 2-turidan o'rin olgan uchrashuv yakunlandi.

JCH, E guruhi, 2-tur

Germaniya - Kot-d'Ivuar 2:1

Gollar: 30 - Frank Kesse, 68, 90+4 - Deniz Undav

Germaniya: 1. Manuel Noyer, 4. Jonatan Ta, 15. Niko Shlotterbek (2. Antonio Ryudiger, 46’), 18. Nataniel Braun, 6. Yoshua Kimmix, 23. Feliks Nmecha, 5. Aleksandrar Pavlovich (20. Nadim Amiri, 60’), 19. Leroy Sane (9. Jeymi Leveling, 60’), 10. Jamal Musiala (26. Deniz Undav, 60’), 17. Florian Virc, 7. Kay Haverc (8. Leon Gorecka, 85’).

Zaxira: 12. Oliver Bauman, 21. Aleksandr Nyubel, 3. Valdemar Anton, 22. David Raum, 24. Malik Tshau, 13. Paskal Gros, 16. Angelo Shtiller, 25. Assan Uedraogo, 11. Nik Voltemade, 14. Maksimilian Bayer.

Kot-d'Ivuar: 1. Yaxya Fofana, 5. Uilfrid Singo (17. Gela Due, 82’), 3. Gisleyn Konan, 20. Emmanuel Agbadu, 7. Odilon Kossunu, 8. Frank Kesse, 26. Krist Inao Ulai, 18. Ibraim Sangare (6. Seko Fofana, 75’), 15. Amad Diallo (10. Simon Adingra, 75’), 11. Yan Domand (19. Nikolya Pepe, 85’), 9. Anj-Yoan Bonni (22. Evann Gessan, 75’).

Zaxira: 16. Moxamed Kone, 23. Alban-Mark Lafon, 2. Usman Domande, 13. Kristofer Operi, 21. Evan N'Dika, 4. Jan Seri, 25. Parfe Giagon, 12. Ele Vai, 14. Umar Diakite, 24. Bazumana Ture.

🕘 90+7. O'yin yakunlandi!

90+5. Ajoyib iroda va kambek namoyish etdi bugun Germaniya!

gettyimages-2282542146-2048x2048.jpg

⚽️ 90+4. GOL! Undavdan dubl! Nmechaning ajoyib uzatmasidan so'ng Deniz to'pni darvozaga aniq yo'lladi!

90+1. Amirining zarbasini yana o'sha Yaxya Fofana qaytardi… dahshat vaziyat edi!

90. O'yinning asosiy vaqtiga 6 daqiqa qo'shib berildi.

89. Vircning o'ta xavfli zarbasini Fofana qiyinchilik bilan qaytardi!

88. Pepe katta tezlikda qarshi hujumga qochib kyetib to'pni sherigiga bergandi, biroq u yakuniy zarbani berolmadi…

86. Undavning zarbasini Fofana ushlab oldi.

82. Maydonga PSJ futbolchisi, Fransiya terma jamoasi a'zosi Dezire Duening akasi - Gela Due Kot-d'Ivuar safida maydonga tushdi :)

80. So'nggi dekada boshlandi.

72. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

69. Hisob tenglashdi, endi buyog'iga “yonadi” o'yin.

gettyimages-2282015920-2048x2048.jpg

⚽️ 68. GOL! Deniz Undav hisobni tenglashtirdi! O'ng qanotdan havolatib uzatilgan to'pni Undav ajoyib tarzda darvozaga yo'lladi!

63. Havercning bosh bilan bergan zarbasi noaniq bo'ldi.

🔄 60. Germaniya tarkibida biryo'la uchta o'zgarish amalga oshirildi.

57. Ryudigerning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi osmon-u-falakka ketdi.

56. Domandning zarbasi juda noaniq bo'ldi.

54. Yana Amad to'pni Kessega uzatdi, bu safar u zarba berishga kechikdi.

51. Kot-d'Ivuar qarshi hujumlar bo'yicha master klass ko'rsatmoqda: Amadning uzatmasidan so'ng sherigi zarba yo'lladi, ammo noaniq…

50. Kesse qulay vaziyatdan darvoza tomon zarba berdi, to'pni Noyer ushlab oldi.

48. Musiala yaxshi vaziyatga chiqib borib, zarba berdi, raqib himoyachilari unga qarshilik ko'rsata bildi.

🔄 46. Shlotterbek zaxiraga olindi, ko'p ehtimol, jarohati bezovta qilmoqda uni.

🕛 46. Ikkinchi bo'limga start berildi.

🕘 45+7. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+7. Virc o'ziga uzatib berilgan to'pni darvozaga yo'lladi, biroq kuchsiz chiqdi, darvozabon ushlab oldi to'pni.

45+2. Germaniya bosimni oshirmoqda, tobora golga yaqinlashmoqda jamoa.

45. Birinchi bo'limga 7 daqiqa qo'shib berildi.

41. Vircning darvoza tomon yo'llagan zarbasi rekoshetga uchrab, maydondan chiqib ketdi.

39. GOL! Yana Haverc, ammo, bunisi ham inobatga olinmadi. Kossunuga nisbatan Musiala qo'pollik ishlatgan ekan, avvalroq.

38. Bonni uzoqdan zo'r zarba berdi, Noyer qaytardi!

33. Yana Kot-d'Ivuar oldinga o'tmoqda, shiddatni oshirishmoqda.

31. Zo'r o'yin ko'ryapmiz, buyog'iga intriga yanada oshadi. Germaniyaga salom yo'llashdi!

gettyimages-2282001288-2048x2048.jpg

⚽️ 30. GOL! Kesse hisobni ochdi! Chap qanotdan uzatilgan to'pni dastlab Amad darvozaga yo'lladi, Noyer qaytardi, so'ng uni Frank tepdi va bu aniq bo'ldi!

24. Futbolchilar tomoqlarini xo'llab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.

23. Darvozabon maydonda yiqilib yotibdi, unga shifokorlar yordam bermoqda.

gettyimages-2282533073-2048x2048.jpg

22. GOL! Pavlovich bosh bilan to'pni darvozaga kiritdi, biroq bosh hakam bu vaziyatda darvozabonga nisbatan fol ishlatilgan deb topdi.

18. Musialaning kuchli zarbasi birozgina noaniq bo'ldi.

14. Shlotterberg maydonga o'tirib oldi, unga tibbiy yordam ko'rsatiladi. Jarohat, shekilli.

12. Singoning uzoqdan yo'llagan zarbasi Germaniya futbolchisiga tegib ortga qaytdi…

9. Havercning bosh bilan bergan zarbasini Fofana qiyinchilik bilan qaytardi!

3. Kot-d'Ivuar ham faol, tashkil etishmoqchi bo'lgan hujumlari yakunga etmay qoldi.

1. Ilk daqiqadanoq nemislar oldinga o'tishdi, Havercning zarbasi aniq bo'lmadi.

🕛 1. O'yin boshlandi!

Assalomu qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni JCH-2026 E guruhi, 2-turidan o'rin olgan Germaniya - Kot-d'Ivuar uchrashuvining matnli translyatsiyasini kuzatib borishga taklif etamiz!

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia