"Metallurg" ilk yig'inini yakunlab, tatilga chiqdi
29 dek 2022 18:28
Yangiliklar
"Metallurg" ilk yig'inini yakunlab, tatilga chiqdi
"Bugun kunning birinchi yarmida trenajyor zalida jismoniy tiklanish mashqlari ado etilgach murabbiylar shtabi hamda futbolchilar o'z uylariga jo'nab ketishdi.
Mahalliy murabbiylar shtabi ispaniyalik mutaxassislarimizning ko'rsatmalari asosan bir hafta mobaynida futbolchilarga jismoniy yuklamalar berishdi. Ertalabki nonushtadan so'ng trenajyor zalida ishlangan bo'lsa, kunning ikkinchi yarmida mashg'ulotlar baza yonidagi futbol maydoniga ko'chdi.
Yangi yil bayramidan keyingi yig'in ham Bekobodda tashkillashtiriladi. Ikkinchi o'quv-mashg'ulot yig'iniga Luisma Ernandes boshchiligidagi ispaniyalik murabbiylarimiz hamda klubga taklif etilgan xorijlik legioner o'yinchilar ham etib kelishadi. Toshkent viloyati hamda poytaxtda bir qator o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi bo'yicha kelishib olingan", – deyiladi "Metallurg" matbuot xizmati xabarida.
Fikrlar