So’nggi yangiliklar

16:24"Арсенал" 80 млн. евролик трансфер бўйича музокара ўтказмоқда  1 16:05Мажид Ҳасан: "Узоқ вақтдан бери мағлубиятга учрамай келаётган Ўзбекистонга қарши икки баравар куч билан майдонга тушишимиз лозим"  3 15:40Али Хасиф: "Ўзбекистон енгиб бўлмас тўсиқ эмас"  12 15:24Аллегри "Милан"га қайтди  0 15:12"Реал" янги футболчисини эълон қилди  11 15:03БАА терма жамоаси Ўзбекистон билан ўйинга тайёрланмоқда  10 14:44Эшитдик-да! "Нефтчи" раҳбариятида истеъфо  14 14:44"Дутор" ва "Котта Болла"дан ғалабалар — Like Cup мусобақасидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:51Доннарумма вакили ПСЖ ҳақида: "Агар янги шартнома имзоламасак, бошқа вариантларни кўриб чиқамиз – ҳеч нарсани истисно қилмаймиз. Жанлуижи Парижда хурсанд".  0 13:12Россияга қарши баҳс учун Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига чақирилган футболчилар рўйхати эълон қилинди  7 12:43Ўзбекистон - Қатар учрашуви учун чипталар офлайн сотилади  23 12:09Ла Лига мавсумида ВАРнинг энг кўп қарорлари "Реал"га қарши қабул қилинган – 16 та, "Барса"га қарши – 7 та  30 11:37ФИФА Анчелоттининг Бразилия терма жамоасига тайинланиши бўйича тергов бошлади  2 10:52Италия грандларига "Реал" ҳужумчиси керак  3 10:23Тен Хаг МЮдан собиқ футболчиларини олиб келмоқчи  6

“Metallurg”: asosiy tarkibda ham, yoshlar tarkibida ham yo'qotishlar bor Yangiliklar

“Metallurg”: asosiy tarkibda ham, yoshlar tarkibida ham yo'qotishlar bor

Teglar :  Metallurg
Mamlakat milliy chempionatining 25-turida Bekobodning “Metallurg” jamoasi Navoiy viloyatining “Qizilqum” jamoasini o'z maydonida qabul qiladi.

Mazkur uchrashuv ushbu jamoalarning O'zbekiston chempionatlaridagi 33 ta o'yini bo'ladi. Bugungacha ortda qolgan o'yinlarning 9 tasi bekobodliklar foydasiga yakunlangan. 10 ta uchrashuvda esa kuchlar teng kelgan bo'lsa, 14 ta o'yinda “Qizilqum” jamoasining qo'li baland kelgan. Kiritilgan va o'tkazib yuborilgan to'plar farqi 38:47, vohaliklar foydasiga.

“Metallurg” o'z maydonida oliy liganing aksariyat jamoalariga qarshi o'yinlarda ijobiy natijaga ega. “Qizilqum” bilan raqobat ham bundan mustasno emas. Bekobodda o'tkazilgan 16 uchrashuvining 7 tasida maydon egalari g'alaba qozonishgan, 5 ta uchrashuvda durang natija qayd etilgan, 4 ta o'yinda esa mehmonlar zafar quchishgan. Bu uchrashuvlarda “Metallurg” raqiblari darvozasiga 27 ta gol kiritib, o'z darvozasidan 18 ta to'p o'tkazib yuborgan. O'tgan mavsumda madanchilar o'z maydonlarida g'alaba qozonib, safarda durang o'ynagandi. Bu jamoalarning bu yil birinchi davrada – Navoiyda bo'lib o'tgan uchrashuvida ham durang natija qayd etildi. O'yinning 10-daqiqasida Javohir Esonqulov tomonidan kiritilgan golga mezbonlar 90-daqiqada Alisher Yusupovning goli bilan javob qaytarishgan.

“Qizilqum”ga qarshi uchrashuvda “Metallurg”ning asosiy tarkibida ham, yoshlar tarkibida ham yo'qotishlar bor. Xabaringiz bor, kecha Bahrayn mamlakati stadionlarida 19-yoshgacha bo'lgan terma jamoalar o'rtasida Osiyo chempionatining final raundi o'yinlariga start berildi. Unda O'zbekiston terma jamoasi ham qatnashayapti. D guruhida Tojikiston, Avstraliya hamda Xitoy terma jamoalariga qarshi bahslarda mamlakatimiz sharafini ikki nafar bekobodlik futbolchilar ham himoya etishayapti. Bular, hujumchi Javohir Esonqulov hamda himoyachi Islomjon Qobilovlardir. SHu boisdan mazkur futbolchilar nafaqat bu turda, balki yaqin ikki turda ham “Metallurg”ga yordam bera olishmaydi. “Metallurg” – “Qizilqum” jamoalarining yoshlar tarkiblari o'yinida esa sariq kartochkalarning yig'ilib qolganligi bois Xudoyshukur Sattorov hamda Muhammadolid Qahramonovlar maydonga tusha olishmaydi. Yoshlar tarkiblari bahsini poytaxtlik Ahmadjon Ergashev boshqarib borsa, asosiy tarkiblar o'yiniga bosh hakam sifatida Olim Tolibjonov tayinlandi.

 
Metallurg (Bekobod) – Qizilqum (Navoiy)
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), R. SHayaxmetov (Toshkent), V. Lushin (Guliston), A. Ergashev (Toshkent)
Nazoratchi: G. Imomov (Toshkent).
O'zPFL vakili: A. Frolov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика