Mesut Ozil: "Monako"ga qarshi o'yinda tezkor gol kiritishimiz lozim"

Aziz Tukhtamuradov
15 mar 2015, 21:07
Arsenal futbolchisi Mesut Ozil Monakoga qarshi o'yin oldidan haliyam keyingi bosqichga chiqishga umil qilayotganliklarini aytib o'tdi.
Eslatib o'tamiz, londonliklar dastlabki bahsda o'z maydonlarida 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ygandilar.

"O'yinda tezkor gol kiritib "Monako"ga o'z o'yinini namoyish etishga imkon bermasligimiz lozim.
Uchta gol kiritish albatta qiyin bo'ladi. Chunki, raqiblar ham himoyada yaxshi o'yin ko'rsatishadi. O'yinga yaxshi tayyorlandik", - deydi futbolchi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net