So’nggi yangiliklar

15:30Суперлига. "Хоразм" – "Сурхон". Превью  0 15:07"Қизилқум" собиқ футболчиси Сербия клубига қайтди  0 14:40"Челси" асосий ҳимоячиси машғулот вақтида жароҳат орттириб олди  3 14:12Россия октябрь ойида Эрон терма жамоаси билан ўйнайди  1 13:42"Тоттенхэм" асосий ярим ҳимоячисини узоқ вақтга йўқотди  0 13:14Расман: "Реал" собиқ ҳужумчиси "Алавес"га ўтди  0 12:45Жоан Гарсия — Марк-Андре тер Штеген даврига якун ясаб бериши кутилаётган дарвозабон билан яқинроқдан танишамиз  1 12:21Расман: Томас Парти "Вильярреал" футболчисига айланди  0 11:53Модрич "Реал"га қайтиши мумкин  2 11:25Бахтсиз ҳодисада омон қолган Майкл Антонио "Вест Хэм"ни тарк этди  0 10:45Жанлуижи Доннаруммага ТОП клублардан таклиф тушди  3 10:12Можаро давом этади. Тер Штеген "Барселона" шифокорларини уйига киритишдан бош тортмоқда  16 09:40Фабрицио Романо ёзда "Челси"ни тарк этадиган икки нафар футболчи номини айтди  3 09:08МЮ Антонига нарх белгилади  1 08:36"Олтин тўп"га даъвогарларнинг янгиланган рейтинги эълон қилинди. Ким фаворит?  21

Messidan yoqimli xordiq: Antonella bilan jonajon Rosariosiga uchdi. Ular u erda 7 yoshlarida tanishishgan Yangiliklar

Messidan yoqimli xordiq: Antonella bilan jonajon Rosariosiga uchdi. Ular u erda 7 yoshlarida tanishishgan

Leo JCHdan so'ng ona vatanida dam oladi.

Leo Messi jahon chempionatidan so'ng g'alabadan rohatlanishda davom etmoqda: u endilikda o'z rafiqasi Antonella Rokucco bilan birga ona shahri bo'lmish Rosarioga keldi. Ular muxlislar qurshovida mashinada harakatlanishdi, qiziqarli jihati esa rulda haydovchi yoki qo'riqchi emas, Leoning xotini edi.



Antonella finaldan so'ng birdan Rosarioga uchdi, Messi esa avvaliga jamoa bilan sovrinni nishonlash uchun Buenos-Ayresga yo'l oldi.

Antonellani uch bolasi bilan aeroportda Leoning onasi Seliya Mariya Kuchchittini qarshi oldi. Ular birgalikda mashinada yopiq tuman Funes (Rosarioning g'arbi)da joylashgan uyga borishdi.

Messi vataniga qaytganida, uning oilasi jam bo'lishgandi. Leo finaldan keyingi dam olishni intiqlik bilan kutgandi: "Endi xohlaydigan barcha narsam bu Argentinaga yo'l olish, do'stlarim bilan bo'lish va Rosarioda dam olishdir. Uyda rafiqa bilan birga quyoshda toblanish, mate ichish va jahon chempionligidan zavqlanish".

Messi Rojdestvo va yangi yilni Rosarioda kutmoqchi.





Hozircha Leoning qachon Parijga qaytishi tushunarsiz. Balki u o'zining uyi bo'lmish Rosarioda dam olayotgan Anxel Di Mariya bilan birga Evropaga qaytar.



Leo va Antonella 7 yoshidan beri uchrashadi – ularni Messining "Nyuells"dagi jamoadoshi tanishtirgan


Antonella Rokucco – Leoning yoshligidagi do'sti, 2017 yildan beri esa rafiqasi. Ularning ikkisi ham Rosariodan va etti yoshda tanishishgan. Juftlikning uch farzandi bor: Tyago, Matteo va CHiro.

Leo va Antonella Rokucconing akasi va Messining "Nells"dagi jamoadoshi bo'lmish Lukas Skalya sabab tanishishgan. Messi shunchaki do'stlashishganida "Qachondir uchrashamiz" deb xat yozgan.

Leo 2000-yillar boshida "Barselona"ga o'tdi, Antonella esa Argentinada qoldi: u dietolog malumotiini oldi va ayollar fitnes-markazida ishladi. Ular bir muncha vaqt masofadan muloqot qilishlariga to'g'ri keldi.

Ular faqatgina 2004 yildagina uchrashishni boshlashgan: Antonellaning dugonasi avtohalokatga uchradi va Leo sevgan qizini qo'llab-quvvatlash uchun Argentinaga uchib keldi. Ular shundan beri ajrashishmaydi.



Antonella Messi kelguniga qadar uch yil bir yigit bilan gaplashib yurgan. Ammo, Leo kelishi bilan u ajrashgan. Antonellaning sobiq yigiti mahalliy nashrga bergan intervyusida "u meni tashlab ketdi, ammo qaysidir qari inson sabab emas, u meni Messi sabab tashlab ketdi".



Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика