Messi oxirgi 3 o'yinda 7ta gol urdi FOTO
13 sen 2017 09:51
Yangiliklar


Messi oxirgi 3 o'yinda 7ta gol urdi FOTO
Kecha tunda Evropa yashil maydonlarida CHempionlar ligasining 2017-2018 yilgi mavsum guruh bahslariga start berildi.
Dastlabki turning markaziy o'yini hisoblangan qarama-qarshilikda "Barselona" jamoasi "Yuventus"ni qabul qildi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Kataloniyaliklar tarkibida Lionel Messi dubl qayd etdi. SHu tariqa, argentinalik futbolchi oxirgi 3 o'yinda 7ta gol urdi, kamiga "Alaves"ga qarshi bellashuvda penaltidan unumli foydalana olmadi. Fantastika!
Lionel Messining "Barselona" tarkibida so'nggi 3 o'yinda kiritgan gollari:
La Liga, 2-tur
26.08.2017
"Alaves" - "Barselona" 0:2
Messi dubl
La Liga, 3-tur
09.09.2017
"Barselona" - "Espanol" 5:0
Messi xet-trik
ECHL, 1-tur
12.09.2017
"Barselona" - "Yuventus" 3:0
Messi dubl
O’xshash yangiliklar

Fikrlar