Messi: "Niderlandiya bilan o'yinda hammasi juda tez sodir bo'ldi"
31 jan 2023 12:59
Yangiliklar
Messi: "Niderlandiya bilan o'yinda hammasi juda tez sodir bo'ldi"
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi JCH-2022 1/4 finalida Niderlandiyaga qarshi o'tkazilgan shov-shuvli o'yinni esladi.
Penaltilar seriyasida ikkala jamoa ham bir-birini provokaciya qildi, futbolchilar deyarli mushtlashishiga oz qoldi.
Messining o'zi golni niderlandiyaliklar murabbiyi Lui van Gal oldida nishonlagan, uchrashuvdan so'ng esa raqib futbolchisini "ahmoq" deb atagandi.
"Men buni oldindan qilishni o'ylamagan edim, bu o'z-o'zidan sodir bo'ldi. Ha, menga van Galning o'yindan oldingi fikrlarini etkazishdi, jamoadoshlarim ham bu haqda gapirib berishdi. O'shanda bo'lgan holatlar menga yoqmagan, lekin tushuning, bu juda asabiy va tarang lahzalar edi. Hammasi juda tez sodir bo'ldi. Har bir inson o'zi xohlagandek munosabatda bo'ladi, lekin mutlaqo hech narsa oldindan rejalashtirilmagan. Menga bu voqealar manzur kelmadi, lekin shunday bo'ldi".
Fikrlar