Messi La Liga to'purarlari bahsida 2-pog'onaga ko'tarildi. Ro'yxatni Suares boshqarmoqda
14 fev 2021 08:46
Yangiliklar


Messi La Liga to'purarlari bahsida 2-pog'onaga ko'tarildi. Ro'yxatni Suares boshqarmoqda
“Barselona” hujumchisi Lionel Messi La Liga navbatdagi turida “Alaves”ga (5:1) qarshi bahsda dublga erishdi.
Birinchi bo'lim oxirlarida argentinalik futbolchi raqib jarima maydonchasinin o'ng burchagida to'pni qabul qilib oldi va markaz tomon o'ziga xos yurish qilib, jarima maydonchasi tashqarisidan yaqin burchakka aniq zarba yo'llab, gol kiritdi.
Ikkinchi bo'limda Messi yana bir marta uzoq masofadan gol urishga erishdi. Bu Leoning chempionatdagi 14- va 15- gollari sifatida qayd etildi. Natijada “Barsa” hujumchisi “Sevilya” vakili Yusuf An-Nosirini ortda qoldirib, La Liga to'purarlari ro'yxatida 2-pog'onaga ko'tarildi. Ro'yxatni esa 16 ta gol bilan Luis Suares boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar